Uz / Ўз Ru En

Toshkent

03/Oktabr/2022   Ilm-fan

Misr-Yaponiya fan va texnologiya universiteti prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

QOHIRA, 3 oktyabr. /”Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi tashabbusi bilan ushbu mamlakatning Iskandariya viloyatidagi Burg al-Arab shahrida joylashgan Misr-Yaponiya fan va texnologiya universitetida (Egypt-Japan University for Science and Technology) uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Universitet prezidenti, professor Amr Adli bilan bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida ushbu oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasasi, uning maqsad va vazifalari to‘g‘risidagi batafsil maʼlumotlarni taqdim etdi.

Qayd etilishicha, Misr–Yaponiya fan va texnologiya universiteti 2009-yil tashkil etilgan bo‘lib, 2010-yildan boshlab o‘zining ilk talabalarini qabul qilgan. Universitet moliyaviy jihatdan Yaponiya va Misr hukumatlari, JICA agentligi va qator yetakchi yapon kompaniyalari tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi. Ushbu universitetning tashkil etilishi Yaponiya hukumati tomonidan Afrika qiʼasida barpo etilgan eng yirik loyihalardan biri hisoblanadi.

Hozirgi paytda universitetning “Muhandislik”, “Xalqaro biznes va gumanitar fanlar”, “Farmatsevtika”, “Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari” fakultetlari va “Erkin sanʼat” dasturlarida Misr hududlari va Afrika davlatlaridan kelgan 1845 nafar talaba tahsil olmoqda.

Universitet ilg‘or texnologiyalar sohasida PhD tadqiqotchilari uchun xorijiy universitetlar o‘rnini bosa oladigan Misrdagi yagona oliy o‘quv yurti hisoblanadi.

Amr Adli joriy yil yanvar oyida fizika fani bo‘yicha dunyodagi eng nufuzli ilmiy nashrlardan biri - “IEEE Transactions on Magnetics” (Institute of Electrical and Electronics Engineers, New York, USA) oylik jurnalining bosh muharriri etib tayinlangani ham ushbu oliy o‘quv yurtining ilmiy salohiyatidan darak beradi.

Universitetning laboratoriyalari faoliyati bilan tanishuv chog‘ida,  yosh tadqiqotchilar tomonidan ixtiro qilingan “yarim o‘tkazgichlar” namunasi O‘zbekiston tomoniga taqdim etildi.

O‘z navbatida, Misr tomoniga O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan islohotlar, oliy taʼlim sohasidagi keng ko‘lamli o‘zgarishlar, yurtimizning ilmiy-akademik va innovatsion salohiyati, shuningdek, mamlakatimizning boy tarixi va turistik imkoniyatlari to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar o‘rtoqlashildi, tegishli taqdimot va videomateriallar namoyish etildi.

Misrlik mutaxassislarga Yangi O‘zbekistonda elektrotexnika sanoatini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar, mintaqamiz bozorlarida yarim o‘tkazgich va elektron platalarga talab 6 mlrd. dollarni tashkil etishi, elektronika va mikroelektronika yo‘nalishida ilmiy, tajriba-konstruktorlik va startap loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha mamlakatimizning boy imkoniyatlari to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar ham taqdim etildi.

Muzokaralar chog‘ida Misr-Yaponiya fan va texnologiya universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi o‘rtasida ilmiy-amaliy hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid

Toshkent davlat yuridik universiteti Xal...

Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro universitetlar uyushmasiga aʼzo bo‘ldi.

Mirzo Ulug‘bek - jahon tamaddunidagi muh...

Yurtimiz qadimdan ilm-fan va madaniyatning o‘chog‘i bo‘lib kelgan. Zaminimizda kamol topga...

Toshkentda Germaniyaning Iqtisodiyotni t...

Toshkentda Iqtisodiyotni tiklash bo‘yicha kredit institutining (KfW) mahalliy byurosi och...

So`nggi yangiliklar