Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Iyun/2021   "Dunyo" AA reportaji

Qo‘qon Turkiy kengash davlatlarining birinchi «Sayyohlik poytaxti» bo‘ladi

QO‘QON, 24-iyun. /«Dunyo» AA/. Bugun Qo‘qon shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi turizm vazirlarining VI yig‘ilishi o‘z ishini boshladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri Muzaffar Komilov.


Uchrashuvda Turkiy kengash Bosh kotibi Bag‘dod Amreyev, O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, Turkiya madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy, Qozog‘iston madaniyat va sport vaziri Aktoti Raimqulova, Qirg‘iziston Bosh vazirining o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Oqilbek Japarov, Vengriya turizm agentligi loyiha direktori Marta Fazekas, shuningdek, Ozarbayjon turizm agentligi raisi Fuad Nagiyev ishtirok etmoqda.

«COVID-19 pandemiyasi barcha davlatlar qatori O‘zbekistonning ham xalqaro va ichki turizm bozoriga salbiy ta’sirini ko‘rsatdi, - dedi Aziz Abduhakimov. - Biroq hukumatimiz tomonidan o‘z vaqtida ko‘rilgan amaliy chora-tadbirlar, jumladan, sayyohlik sohasida ish yuritayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar natijasida biz qo‘shni davlatlardan sayyohlarni faol jalb etishni ta’minladik. Bu sayyohlik sohasidagi minglab tadbirkorlar va mutaxassislarga o‘z faoliyatini tiklashga yordam berdi».

Turkiy dunyo va xalqlar taraqqiyotida alohida o‘rin tutadigan, Ipak yo‘li ravnaqiga salmoqli hissa qo‘shgan Qo‘qon shahrini Turkiy kengash davlatlarining birinchi «Turizm poytaxti», deb e’lon qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston tashabbusini qo‘llab-quvvatlash taklif etildi.

Mavzuga oid

Taxiatosh IESdan atmosferaga chiqadigan...

Bugun O‘zbekiston energetika vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘istondagi Taxiatosh issiqlik e...

ITB Boshqaruvchilar kengashining 46-yill...

Bugun Toshkentda koronavirus pandemiyasi davrida birinchi marta offlayn shaklda o‘tayotgan...

Toshkentda bo‘lgusi diplomatlar Navro‘z...

Bugun Tashqi ishlar vazirligining Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Navro‘z...

So`nggi yangiliklar