Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/May/2022   Sport

Qo‘qon shahrida belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun jahon chempionati o‘tkaziladi

TOSHKENT, 21-may. /“Dunyo” AA/. 25-27 may kunlari Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida belbog‘li kurash bo‘yicha 2005-2006 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun jahon chempionati o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Musobaqa Sportni rivojlantirish vazirligi,  Jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi va Farg‘ona viloyati hokimligi ko‘magida tashkil etilmoqda.

Muqimiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tadigan mazkur chempionatda yurtimiz vakillaridan tashqari Rossiya, Belarus, Moldova, Gruziya, Ozarbayjon, Ruminiya, Isroil, Hindiston, Mo‘g‘uliston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi 20 ga yaqin davlatdan qariyb 300 nafar sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

Qo‘qon shahri mezbonlik qiladigan ushbu jahon chempionati belbog‘li kurash qoidalariga ko‘ra o‘tkazilib, unda o‘smirlar 42, 45, 50, 55, 60, 65, 71, 77, 85, 95 kg hamda 95 kilogrammdan yuqori vazn toifalarida bellashsa, qizlar 44, 48, 52, 57, 63, 70 kg va 70 kilogrammdan yuqori vaznlarda g‘oliblik uchun bahs olib boradi.

«Qo‘qon va sport» shiori ostida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatining umumiy mukofot jamg‘armasi 216 million so‘mni tashkil qiladi.

 

Mavzuga oid

Oston O‘runov Rossiyaning eng nomdor fut...

Oston O‘runov Rossiyaning eng nomdor futbol klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.

Kun xabari: Futzal bo‘yicha O‘zbekiston ...

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi bayonnomasiga binoan, Lit...

Samarqand shahrida 30 oktyabr - 1 noyabr...

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Turizmn...

So`nggi yangiliklar