Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/Yanvar/2022   Jamiyat

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda monitoring qilish tartiblari tasdiqlandi

TOSHKЕNT, 21-yanvar. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining «Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda monitoring ishlarini amalga oshirish, yerlarni muhofaza qilish va yer tuzish faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida»gi  qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Hukumat qarori bilan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va ekin maydonlarida monitoring ishlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi, Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi, Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda yer tuzish ishlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi. 

Hujjat bilan, shuningdek, «O‘zdaverloyiha» davlat ilmiy-loyihalash instituti faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi belgilandi.

Ushbu hujjatlarda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va ekin maydonlari monitoringi Milliy geografik axborot tizimidagi davlat yer kadastrining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha yer turlari, maydoni, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar to‘g‘risidagi ma’lumotlari asosida amalga oshirish  vaziflari  ta’kidlanmoqda.

Qarorga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va ekin maydonlari monitoringi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, uning Qoraqalpog‘iston, viloyatlardagi qishloq xo‘jaligi boshqarmalari va tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlari, shuningdek, «O‘zdaverloyiha» instituti va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan davriy, joriy va tezkor monitoring shakllarida amalga oshiriladi. Monitoring davomida olingan ma’lumotlardan qishloq xo‘jaligi yerlari holati va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni tayyorlashda foydalaniladi.

Qayd etilishicha, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazorati respublikaning butun hududida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Mavzuga oid

Al-Azhar majmuasi rahbari Samarqand vilo...

Islom olamida mashhur Al-Azhar majmuasi rahbari, Misr Bosh imomi Shayx Ahmad Toyyib hazrat...

«Phillips Health» Toshkentda invaziv bo‘...

O‘zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi Favqulodda va muxtor elchisi «Phillips Health» ...

​Xayriyalarni muvofiqlashtirish markazid...

ʼzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash vazirligi huzurida Xayriyalar...

So`nggi yangiliklar