Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/May/2022   Markaziy Osiyo

Qirg‘izistonning Kara-Suy tumani bilan chegara hududida O‘zbekiston bilan bog‘lanadigan 270 metr uzunlikdagi yerosti tonneli topildi

TOSHKENT, 24-may. /“Dunyo” AA/. Joriy yil 20 may kuni O‘sh viloyati Kara-Suy tumanining Telman qishlog‘ida o‘tkazilgan  qidiruv-tezkor amaliyot chog‘ida Qirg‘izistonni O‘zbyekiston bilan bog‘laydigan yerosti tonneli topildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Qirg‘izistonning “Kabar” milliy axborot agentligi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi maʼlumotiga tayangan holda xabar berishicha, tonnel chuqurligi 15 metr, unga kirish balandligi 1,8 metr, eni 1,5 metr, chegara chizig‘iga kirishdan 40 metr masofani, kirish joyidan chiqish nuqtasigacha 270 metrni tashkil qiladi.

Mazkur yerosti yo‘li aniqlangan “M.A.M.” uchastkasining egasi hozirgi paytda Jalolobod viloyatidagi Qiziljar ruhiy kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Unga nisbatan aqli rasoligi bo‘yicha qayta tekshiruv o‘tkazish rejalashtirilgan.

“Kabar” milliy axborot agentligi surati.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegara bojxo...

O‘zbekiston va Qozog‘iston bojxona xizmatlari xodimlari o‘rtasida videokonferensaloqa tarz...

MOXI: Ko‘p qirrali hamkorlik bo‘yicha be...

“Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga tashrifi ikki davlat must...

Ikki tomonlama hujjat kuchga kirganidan ...

Tojikistonning «Avesta» axborot agentligi «Fuqarolarning o‘zaro safarlari to‘g‘risida O‘zb...

So`nggi yangiliklar