Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Oktabr/2022   Dolzarb

Qirg‘izistondan munosabat: YEI hududida yangi savdo-iqtisodiy eshiklar ochilishida Prezident Shavkat Mirziyoyevning hissasi, shubhasiz, katta bo‘lmoqda

BISHKEK, 5-oktabr. /“Dunyo” AA/. «Oy Ordo» ekspert tashabbuslari markazi direktori Igor Shestakov Prezident Shavkat Mirziyoyevning 4 oktyabr kuni yakunlangan Vengriya rasmiy tashrifi haqidagi  fikrlarini bildirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA  muxbiri.


– O‘zbekiston Prezidentining Vengriyaga rasmiy tashrifi qirg‘iz ekspertlari orasida keng muhokama qilinmoqda. O‘zbekiston rahbari kun tartibidagi asosiy masalalardan biri Vengriya bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish bo‘ldi.

O‘zbekiston nafaqat Markaziy Osiyoda, balki boshqa xorijiy hududlarda ham savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishda muhim integratsion rol o‘ynaydi va bu faqat YEI  mamlakatlarigagina tegishli emas.

O‘z navbatida, Vengriya rahbariyati iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashda Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekistonga alohida eʼtibor qaratmoqda. YEI hududida yangi savdo-iqtisodiy eshiklar ochilishida Prezident Shavkat Mirziyoyevning hissasi, shubhasiz, katta bo‘lmoqda.

Ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha imzolangan shartnomalar Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun o‘ziga xos namuna bo‘lishi kerak.

Yaqin kelajakda ishga tushiriladigan ustuvor loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha O‘zbekiston-Vengriya qo‘shma jamg‘armasi tashkil etilishi, shuningdek, O‘zbekistonda venger kompaniyalari uchun alohida sanoat zonasi ajratilib, u barcha zarur ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan taʼminlanishini  alohida taʼkidlash lozim.

Taʼkidlash joizki, Vengriya ishbilarmon doiralari vakillari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tizimli iqtisodiy islohotlar natijalarini yuqori baholab, qo‘shma istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun mamlakat bozoriga kirish istagini bildirdilar. Tomonlar o‘zaro manfaatdorligining yana bir yaqqol tasdig‘i Vengriya-O‘zbekiston biznes-forumi bo‘ldi. Uning doirasida umumiy qiymati 1 milliard dollarga yaqin sarmoyaviy, savdo va moliyaviy shartnomalar imzolandi.

Mavzuga oid

Erondan munosabat: O‘zbekiston tomonidan...

Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasidagi nutqi Eron ijt...

YUNICEFning Yevropa va Markaziy Osiyo ma...

Bugun YUNISEFning Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Afs...

Mintaqalararo o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha...

O‘zbekiston delegatsiyasi Bangkok shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Ti...

So`nggi yangiliklar