30/Yanvar/2023 Dolzarb
BISHKEK, 30-yanvar. /“Dunyo” AA/. Qirg‘izistonlik siyosatshunos Sheradil Baktigulov Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarga munosabat bildirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
- Avvalo shuni taʼkidlashni istardimki, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti etib saylanganidan buyon bu uning Qirg‘izistonga ikkinchi davlat tashrifi hisoblanadi, - dedi u. - O‘tgan yili esa davlatimiz rahbari Sadir Japarov Toshkentga tashrif buyurgan edi. Ko‘p yillar davomida bu sodir bo‘lmadi - bu yaqinda rivojlangan aloqalar darajasi va jadallashuvidan darak beradi.
Bu galgi tashrif chog‘ida ko‘plab muhim hujjatlar imzolangani, muhim kelishuvlarga erishilgani qo‘shma ishlar va strategik sheriklik istiqboliga qanchalik jiddiy eʼtibor qaratilayotganidan dalolatdir. Aloqa va ishonchni mustahkamlash eng muhim jihat bo‘lib, Sadir Japarov va Shavkat Mirziyoyev yaxshi qo‘shnichilik shunchaki so‘z emasligini isbotlashlari asnosida qo‘shma iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish uchun ulkan imkoniyatlar ochildi.
Rasmiy Bishkek va Toshkent o‘rtasidagi muloqot yuqori darajada rivojlanmoqda. Imzolangan kelishuvlar va tuzilgan bitimlar to‘plamiga ko‘ra, O‘zbekiston yetakchisining Qirg‘izistonga davlat tashrifini mubolag‘asiz tarixiy, deb atash mumkin.