Uz / Ўз Ru En

Toshkent

18/Oktabr/2021   Saylov - 2021

Qig‘izistondagi vatandoshlar O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berib, konstitutsiyaviy huquqidan samarali foydalanmoqda


O‘sh, 18-oktabr. /«Dunyo» AA/. Bugun O‘sh shahrida joylashgan B.Sodiqov nomidagi Qirg‘iz-O‘zbek halqaro universiteti binosida Qirg‘izistonning janubiy hududlarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari  davlatimiz rahbarligi uchun kechayotgan saylovda muddatidan oldin ovoz bermoqda, deb xabar qilmoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Saylov tadbirlari O‘zbekiston saylov qonunchiligi talablariga muvofiq, Qirg‘izistondagi pandemiya cheklovlari va sanitariya tartiblariga rioya qilingan holda o‘tkazilmoqda. Tezkor axborotga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 11:00 holatiga jami 104 nafar vatandoshirimiz saylovda ishtirok etgan.

Muddatidan oldin ovoz berish jarayonining o‘tkazilishi bilan tanishish maqsadida Qirg‘iz Respublikasi Prezidentining O‘sh viloyatidagi Vakolatli vakili Ziyadin Jamaldinov muddatidan oldin ovoz berish nuqtasiga tashrif buyurdi. Kuzatuvchi saylovchilar uchun yaratilgan sharoitlar va ovoz berish jarayoni bilan tanishdi. Z.Jamaldinov O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayonini o‘tkazishda O‘sh viloyati administratsiyasi tomonidan barcha turdagi ko‘mak ko‘rsatilishini ma’lum qildi.

O‘sh shahridagi oliy ta’lim muassasalaridan birida o‘qiyotgan vatandoshimiz ovoz berishda ishtirok etganidan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. 

- Men Qirg‘iz-O‘zbek xalqaro universitetining 1-kurs talabasiman. Bu yil birinchi marotaba saylovda ishtirok etdim, - deydi Muhayyo Narziyeva. -Tashkilotchilar tomonidan muddatidan oldin ovoz berishimiz uchun barcha  sharoitlar yaratilgan. Shu  kunga qadar saylovga oid targ‘ibot ishlari faol olib borildi. Men barcha nomzodlar va ularning saylovoldi dasturlari bilan tanishib chiqdim va o‘zim ma’qul topgan nomzodga ovoz berdim. Saylov jarayoni shaffoflik tamoyillariga tayangan holda bo‘lib o‘tdi. Har kim o‘zi tanlagan nomzodga ovoz bermoqda.

Muddatidan oldin ovoz berish O‘sh shahridagi quyidagi  muassasalarda tashkil o‘tmoqda:

-  B.Sodiqov nomidagi Qirg‘iz-O‘zbek xalqaro universiteti binosida (18 oktabr, soat 09.00 – 18.00 gacha);
- O‘sh davlat universitetining Tibbiyot fakulteti binosida (19 oktabr, soat 09.00 – 18.00 gacha);
- A.Mirsabekov nomidagi O‘sh gumanitar-pedagogika instituti binosida (20 oktabr, soat 09.00 – 13.00 gacha);
-  O‘sh texnologik universiteti binosida (20 oktabr, soat 14.00 – 18.00 gacha).

Mavzuga oid

Novosibirskda O‘zbekiston Prezidenti say...

Mamlakatimizning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi huzurida ташкил etilgan 35- saylov ucha...

Ukrainalik xalqaro kuzatuvchi: Saylovga ...

Ertaga mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Prezidenti saylovini kuzatish uchun To...

O‘zbekiston Prezidentligiga nomzodlar 24...

O‘zbekiston Prezidentligiga saylovlar bo‘yicha kampaniya davom etmoqda

So`nggi yangiliklar