Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/Aprel/2020   COVID-19

Qashqadaryoda ham koronavirusga chalingan ikki nafar bemor sog‘aydi

TOSHKENT, 13-aprel. /“Dunyo” AA/. Qashqadaryoda ham koronavirusga chalingan ikki nafar bemor sog‘aydi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Sog‘liqni saqlash vazirligi manbasiga asoslanib.


Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorga javob berildi. Bemorlarning laboratoriya tekshiruvlari ularning darddan butunlay forig‘ bo‘lganini ko‘rsatdi. Endi  ular reabilitatsiya markazida shifokorlar kuzatuvida bo‘ladi.

Sog‘ayganlardan biri 8 yoshli, ikkinchisi esa 56 yoshli fuqaro bo‘lib, har ikkisi ham Chiroqchi tumanidan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, yakshanba kuni ham bir qator yurtdoshlarimiz, xususan, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 19 nafar, Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan 4 nafar va Xorazm viloyatida yuqumli kasalliklar shifoxonasidan yana bir nafar hamyurtimiz koronavirus infeksiyasidan davolanib, reabilitatsiyaga kuzatilgan edi.

Shunday qilib  mamlakatimiz bo‘ylab, jami 68 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan to‘liq sog‘aydi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonda kecha 265 nafar bemor koro...

O‘zbekistonda kecha 265 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi.

COVID-19: Shanba kuni mamlakatimizda 12 ...

Shanba kuni O‘zbekistonda 12 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilgani holda kasallang...

O‘zbekistonda koronavirus qayd etilganla...

Ayni paytda yurtimizda 3 ming 943 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (77 foi...

So`nggi yangiliklar