Uz / Ўз Ru En

Toshkent

20/Sentabr/2022   Hamkorlik

Ozarbayjondan munosabat: Samarqand simmitida SHHTning kengaygani, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlik masalalariga oid qarorlar qabul qilingani tarixiy voqeadir

BOKU, 20-sentabr. /“Dunyo” AA/. Ozarbayjonning Topchubashov nomidagi tahlil markazi direktori Rusif Guseynov 15-16 sentyabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan SHHT sammiti yakunlari haqidagi fikrlarini o‘rtoqlashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


– 15-16 sentyabr kunlari xalqaro maydondagi keskinlik fonida O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining (SHHT) navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilotni yana-da rivojlantirish bo‘yicha qator muhim qarorlar qabul qilindi.

Xalqaro kontekstda SHHT sammitining O‘zbekistonda o‘tkazilishi muhim voqea bo‘ldi. Dunyoda murakkat sharoit yuzaga kelganiga qaramasdan Markaziy Osiyoning markaziy davlati – barqaror O‘zbekiston istiqbolli qadamlarni tashlamoqda.

SHHTning kengaygani, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlik masalalariga oid qarorlar qabul qilingani muhim tarixiy voqea bo‘ldi. O‘z navbatida, SHHT Ozarbayjon uchun ikki jihatdan muhim bo‘lishi mumkin.

Birinchidan, Ozarbayjon Janubiy Kavkazda kechayotgan jarayonlar bilan bog‘liq o‘z pozitsiyasini SHHT davlatlari va xalqaro hamjamiyatning boshqa aʼzolariga yetkazishga harakat qiladi.

Yana bir jihat – Ozarbayjon kun tartibidagi asosiy masalalardan biri bo‘lgan O‘rta koridorni rivojlantirishdir. O‘rta koridor loyihasini amalga oshirish va rivojlantirish Turkiya, Qozog‘iston, Turkmaniston hamda O‘zbekiston kabi qardosh davlatlar va hamkorlar bilan rejalashtirilgan.

Shu o‘rinda taʼkidlash joizki, Ozarbayjon va O‘zbekiston so‘nggi paytlarda ulkan geosiyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan transkontinental avtomobil yo‘li loyihasini rivojlantirishda asosiy davlatlar hisoblanadi.

Mavzuga oid

XXR tashqi ishlar vaziri Xitoy O‘zbekist...

Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonga amalga oshirgan...

Yevropa tashqi harakatlar xizmati vakill...

Kecha O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi...

O‘zbekiston Uy-joy kommunal xizmat ko‘rs...

O‘zbekiston Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi xodimlari hamda Davlat xizmatlarin...

So`nggi yangiliklar