Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Yanvar/2022   Ta'lim

Qarshi Davlat universiteti va Malayziya ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi

KUALA-LUMPUR, 24-yanvar. /«Dunyo» AA/.  Qarshi Davlat universitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Nodir Xolmirzayev hamda Malayziyaning «International Cultural Communication Centre Malaysia» (ICCCM) ta’lim va konsalting markazi vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


2009 yilda tashkil etilgan ICCCM Malayziya universitetlari bilan hamkorlikda turli yo‘nalishlarda mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturlarini uyushtiradi va Malayziya universitetlarida ta’lim grantlari bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatadi.

Mamlakatimizning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan ushbu uchrashuv chog‘ida Malayziya tomoni Qarshi davlat universitetining faoliyati, ilmiy va akademik salohiyati,  xalqaro hamkorligining ustuvor yo‘nalishlariga doir ma’lumotlar bilan yaqindan tanishdi.

Tomonlar o‘qituvchilar malakasini oshirish, qo‘shma ta’lim va ilmiy-tadqiqot dasturlarini hayotga tadbiq etish, xalqaro konferensiyalarda qatnashish, xalqaro stipendiya dasturlarida respublika yoshlarining ishtirokini targ‘ib qilish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari bilan bog‘liq masalalarni muhokama  qildilar.

O‘zbekistonda  chet tillarini o‘qitish tizimini takomillashtirish yo‘nalishida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xorijiy tillarni o‘qitish markazlari tashkil qilish  bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha muhokama qilingan yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni davom ettirish, xorijiy tillar va aniq fanlar o‘qituvchilarining qisqa muddatli malaka oshirish onlayn kurslarini tashkil etish, pandemiya bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashganidan so‘ng o‘zaro tashriflarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Mavzuga oid

O‘zbekistondagi Gyote instituti: Ta’lim ...

Xorijiy tillarni o‘rganish hamma zamonlarda ham katta ahamiyat kasb etgan va bundan keyin ...

Rimda «Diplomacy Education» beshinchi o‘...

BMTning Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi qarorgohida 8-14 may kunlar...

O‘zbekiston va Misr oliy ta’lim muassasa...

O‘zbekistonning Qohiradagi elchixonasi ko‘magida Farg‘ona politexnika instituti va Misrnin...

So`nggi yangiliklar