Uz / Ўз Ru En

Toshkent

25/Sentabr/2021   Vatandoshlarimiz

Pusan shahrida vaqtincha mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz O‘zbekiston Prezidenti saylovida faol ishtirok etadi


SЕUL, 25-sentabr /«Dunyo» AA/. Mamlakatimizning Seuldagi elchixonasi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvanju shahridagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda Pusan shahrida vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuv tashkil etdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Tadbirda O‘zbekiston Prezidenti saylovi kampaniyasi, davlat rahbarligiga nomzodlar va ularning saylovoldi dasturlari, milliy  qonunchilikdagi o‘zgarishlar, mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida yuz berayotgan islohotlar, xususan, davlatimiz rahbarining chet eldagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash, millatlararo munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan so‘nggi farmon va qarorlari mazmun-mohiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar berildi.

Ishtirokchilarga, xususan, O‘zbekiston milliy saylov qonunchiligiga kiritilgan so‘nggi o‘zgartirishlar, saylovlarning yangi me’yor va tartib-qoidalar asosida tashkil etilishi ta’kidlandi.

Joriy yilda mamlakatimizda o‘tkaziladigan muhim siyosiy tadbirlarga tayyorgarlik jarayoni va unda Janubiy Koreyadagi fuqarolarimizning ishtiroki uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida ham so‘z yuritildi.

Yurtdoshlarimiz bo‘lajak siyosiy tadbirning muhimligini e’tirof etib, ushbu siyosiy tadbirda faol ishtirok etishlarini bildirdi.

Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilari yangi tashkil etilgan Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonliklar uyushmasi faoliyati, uyushma a’zoligiga kirish tartibi va fuqarolar uchun imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumotlar bilan tanishtirildi.

Mavzuga oid

Turkiyadan munosabat: Biz Yangi O‘zbeki...

Turkiyadagi o‘zbek diasporasi vakili Choqay Kojar “Dunyo” AA muxbiriga bergan intervyusida...

Malayziyada istiqomat qilayotgan vatando...

Buyuk shoir, mutafakkir va davlat arbobi Mir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi muno...

Rossiyada 29 dekabrdan boshlab migrantl...

Joriy yil 29 dekabrdan e’tiboran Rossiyada yangi federal qonun kuchga kiradi. Unga ko‘ra, ...

So`nggi yangiliklar