Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Iyul/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

Portugaliyadan munosabat: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini isloh qilish – davr talabi

 MADRID, 2-iyul. /“Dunyo” AA/. Portugaliyaning Leyriya shahrida joylashgan “ZIYOMAX” qurilish kompaniyasi bosh direktori Zavqiddin Idiyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi islohoti munosabati bilan o‘z fikr-mulohazalarini  tahririyatimizga taqdim etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.  


– Portugaliyada 20 yildan ortiq davr mobaynida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelaman. O‘zbekistonda Bosh qomusimizni isloh qilishga bag‘ishlangan jarayonlarni diqqat bilan kuzatib kelmoqdaman.  Darhaqiqat, bugungi kundagi zamon talablaridan kelib chiqib hamda yurtimizda olib borilayotgan tub islohotlar va jamiyatimizdagi o‘zgarishlar, shu bilan birga dunyo miqyosida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar va jarayonlar, albatta, O‘zbekistonining Asosiy qonuniga yangi normalarni kiritishni taqozo etadi.

“Bu mening konstitutsiyam” maxsus veb-portali orqali O‘zbekiston Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan tanishish jarayonida Asosiy qonunning 22-moddasiga «Davlat xorijda yashayotgan fuqarolar va vatandoshlar bilan aloqalarning saqlanib qolishi hamda rivojlanishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi», degan qo‘shimcha meni alohida eʼtiborimni tortdi.

Darhaqiqat, so‘nggi yillarda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan xorijda yashayotgan fuqarolar va vatandoshlar bilan tizimli asosda ishlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Xorijdagi vatandoshlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, ularning yurtimiz taraqqiyotiga doir g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlar natijasida Prezidentimiz tashabbusi bilan “Vatandoshlar” jamoat fondi tashkil etildi. Bundan tashqari, O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan chet eldagi vatandoshlar uchun turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkillashtirib kelinishi bizni juda quvontiradi. Misol tariqasida O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchixonasining bu borada amalga oshirib kelayotgan saʼy-harakatlarini ijobiy baholash mumkin. Milliy bayramlar, shonli sanalarga bag‘ishlangan madaniy-tadbirlar elchixonamiz tomonidan Portugaliyada ham muntazam ravishda uyushtirilmoqda. Bularning barchasi men kabi Portugaliyada uzoq yillar mobaynida yashab kelayotgan o‘zbekistonliklar uchun Vatanga bo‘lgan milliy tuyg‘umizni yana-da mustahkamlashga, ayniqsa, bu yerda tug‘ilib o‘sayotgan farzandlarimizda yuritimizga bo‘lgan mehrni va milliy kadriyatlarimizni singdirishga xizmat qiladi.    

 

Mavzuga oid

Germaniyada yashayotgan vatandoshlarimiz...

Germaniyada yashayotgan vatandoshlarimiz “Dunyo” AA uchun intervyularida O‘zbekiston Konst...

Yaponiyadan munosabat: O‘zbekiston Prezi...

O‘zbekiston Prezidentining Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan o‘tkazgan uchrashuvi ...

“Daon Tegivon” zavodida faoliyat yuritay...

Janubiy Koreyaning Xvason shahrida joylashgan "Daon Tegivon" zavodida E-9 vizasi asosida m...

So`nggi yangiliklar