Uz / Ўз Ru En

Toshkent

07/Dekabr/2021   Eksport

Polshadagi ko‘rgazmada o‘zbekistonlik to‘qimachilar qiymati 45 million dollarlik eksport shartnomalari imzoladi

VARSHAVA, 7 dekabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning 45 ta to‘qimachilik kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiya «Ptak Warsaw Expo» ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tgan Yevropadagi eng yirik xalqaro to‘qimachilik tadbirlaridan biri - «Fast Textile-2021» ko‘rgazmasida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Mamlakatimiz elchixonasining ma’lum qilishicha, o‘zbek to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilari kabi Polshaning import qiluvchi kompaniyalarining ham mazkur ko‘rgazmaga qiziqishi yil sayin ortib bormoqda. Agar 2018 yilda O‘zbekistondan 7 ta kompaniya 15 million dollar, 2019 yilda 15 ta kompaniya 20 million dollar miqdorida shartnomalar imzolagan bo‘lsa, joriy yilgi ko‘rgazma doirasida 45 million dollarlik eksport shartnomalariga erishildi.

«Fast Textile 2021» ko‘rgazmasida dunyoning 45 mamlakatidan jami 600 dan ortiq kompaniya qatnashdi. O‘zbekiston «Made in Uzbekistan» brendi ostida qariyb 600 kvadrat metr maydonga ega bo‘lgan ulkan milliy stend tashkil qildi. Shunisi ahamiyatliki, O‘zbekiston kompaniyalarining yarmidan ko‘pi ushbu ko‘rgazmada ilk bor qatnashgan bo‘lishiga qaramay, o‘z mahsulotlari uchun munosib importchi hamkorlar topishga muvaffaq bo‘ldi.

Hozirgi kunda O‘zbekiston to‘qimachilari Yevropa Ittifoqi davlatlariga eksport qiladigan mahsulotlarining yarmidan ko‘pi Polsha hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. O‘zbekistondan Polshaga to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilish 2021 yil oxirigacha qariyb 65 million dollarni tashkil etishi kutilmoqda.

Polshalik importchilar O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati mahsulotlarining yuqori sifati Polsha va Yevropa bozorlarida ularga nisbatan talabning o‘sishida muhim omil bo‘lgan ekanini qayd etdi. Ta’kidlash joiz, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tayyor kiyim-kechaklar Polsha savdo tarmoqlari peshtaxtalarida tobora ko‘payib bormoqda.

Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston, Polsha va boshqa davlatlar to‘qimachilik sanoati vakillari ishtirokida konferensiya, V2V va G2V shakllarida uchrashuvlar tashkil etildi, Yevropadagi eng yirik «GD International» Varshava to‘qimachilik savdo markazi faoliyati bilan tanishildi, shuningdek, yirik to‘qimachilik ko‘rgazmasiga mezbonlik qiladigan Lodz shahriga ham borildi.

Mavzuga oid

Mahsulotni eksport qilishda tashish xara...

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining «Mahsulotni eksport qilishda tashish xarajatlarini O‘z...

O‘zbekiston joriy yil yanvar-fevral oyl...

O‘zbekiston joriy yil yanvar-fevral oylarida 2,6 ming tonna qalampirni 14 ta xorijiy davl...

O‘zbekiston yanvar oyida qancha to‘qimac...

O‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston 2021 yilning yanvar oyida qariyb 50 g...

So`nggi yangiliklar