Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/May/2022   Ilm-fan

Polshada O‘zbekiston kuni o‘tkazildi

 VARSHAVA, 29 may. /“Dunyo” AA/. Dombrova-Gurnicha shahridagi Polsha biznes-akademiyasida (Wizsza Szkola Biznesu - WSB) mamlakatimiz elchixonasi tomonidan O‘zbekiston kuni tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


WSB biznes-akademiyasi Toshkent davlat agrar universiteti bilan ikki tomonlama diplom yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlik qiladi. Ayni paytda 200 nafardan ortiq o‘zbekistonlik talaba akademiyaning bakalavriat va magistratura bosqichlarida “Xalqaro munosabatlar”, “Biznes” va “Menejment” yo‘nalishlarida tahsil olmoqda.

Tadbirda oliy bilim yurti rektorati vakillari, professor-o‘qituvchilari, mahalliy va xorijlik talabalar, jumladan, o‘zbekistonlik yoshlar, shuningdek, shahar aholisi va vatandoshlar qatnashdi.

Yangi O‘zbekiston, mamlakatimiz taraqqiyotidagi yangi bosqichning ijobiy natijalari haqidagi maʼlumotlar taqdim etildi, respublikada turizm infratuzilmasi va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish, yoshlar va xorijdagi vatandoshlar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar taʼkidlandi. O‘zbekistonda “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatimizdagi demokratlashtirish jarayonlari samaradorligini oshirish borasidagi ishlarga, ayniqsa, alohida urg‘u berildi.

Anjuman ishtirokchilari O‘zbekistonda xalq farovonligini yuksaltirish borasida hayotga tadbiq etilayotgan keng ko‘lamli islohotlar bilan tanishtirildi. Xalqaro jamiyatda Sharq demokratiya maktabining o‘ziga xos namunasi sifatida eʼtirof etilgan anʼanaviy o‘zini o‘zi boshqarish tizimi tranformatsiya qilinmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan mahallani qo‘llab-quvvatlash va har tomonlama rivojlantirish, uni xalqqa eng yaqin tuzilmaga aylantirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Yig‘ilganlar taʼlim sohasidagi O‘zbekiston-Polsha munosabatlari, ikki davlat universitetlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari o‘rtasidagi akademik almashinuvlar bilan atroflicha tanishdi.

Tadbir yakunida WSB biznes-akademiyasi maʼmuriyati bilan taʼlim sohasida hamkorlikni yana-da rivojlantirish, 2022 yil iyul oyida Toshkent shahrida Polsha kunini o‘tkazish, jumladan, ushbu mamlakat taʼlim tizimi taqdimotini tashkil etish yuzasidan kelishib olindi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston vakillari “International Mat...

O‘zbekiston vakillari “International Mathematical Competition” xalqaro olimpiadasida 2 ta ...

Maxsus dastur doirasida Finlyandiya stom...

Toshkent davlat stomatologiya institutida Finlyandiyaning JAMK amaliy fanlar universiteti ...

AQSHning Winrock xalqaro qishloq xo‘jali...

AQSHning Winrock xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish institutining O‘zbekistondagi ...

So`nggi yangiliklar