Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Iyul/2022   Sanalar

Pokistondagi vatandosh: Davlatimiz timsollari yangi marralarni zabt etishimizga kuch bag‘ishlaydi

ISLOMOBOD, 1-iyul. /“Dunyo” AA/. Pokistonda  yashayotgan vatandoshimiz Dilorom Abdullayeva O‘zbekiston Davlat gerbi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan o‘z qutlovlarini yo‘lladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


-Men 22 yildan buyon Pokistonda yashayman. Xorijda uzoq muddat bo‘lganingizda doimiy sog‘inch - yaqinlar diydoriga va ona Vatan bag‘riga intilish hamrohingiz bo‘ladi.

Bunday hollarda yaqin insonlarni ko‘rish istagini ularning fotosuratlariga qarash, telefon va ijtimoiy tarmoqlar orqali ular bilan suhbatlashish orqali yumshatamiz.

Jonajon Vatanimizning timsollari esa bizni uzoqda bo‘lsak ham uning taftidan, mehridan bahra olish, farzandlarimizni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashimizga ko‘mak beradi. Shu maʼnoda xorijiy mamlakatlarda istiqomat qilayotgan ko‘plab vatandoshlarning xonadonida Vatanimizning bir parchasi – davlatimiz bayrog‘i va gerbini uchratishingiz tabiiy.

Humo qushi timsolida xalqimiz erki va baxtidan darak beruvchi Davlatimiz gerbi qabul qilinganiga 30 yil to‘lmoqda. Fursatdan foydalanib, O‘zbekistondagi va chet ellardagi vatandoshlarimizni ushbu shonli sana bilan samimiy tabriklayman.

Davlatimiz gerbi yangi marralarni zabt etishimizga kuch bag‘ishlaydi. Gerbimiz abadiy mustaqilligimiz ramzi bo‘lib, doimo yuksak peshtoqlarda ko‘rk to‘kib turaversin.

Mavzuga oid

Xalq ichidan chiqqan qahramon

Sohibqiron Amir Temur Ko‘ragon qurgan buyuk davlat va uning vorislari bo‘lgan temuriylar s...

Bobur jahon tarixida kuchli madaniy alma...

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Milliy gvardiya Harbiy texnika instituti tomon...

7 aprel — Butunjahon salomatlik kuni

Bugun Butunjahon salomatlik kuni

So`nggi yangiliklar