Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Dekabr/2022   O’zbekiston dunyo nigohida

Parijda ochilgan O‘zbekiston ko‘rgazmalari nemis OAV diqqat markazida

FRANKFURT-MAYN, 6-dekabr. /“Dunyo” AA/. Germaniyaning “Fair-news” onlayn nashri sahifasida «Yaqin olti oy ichida O‘zbekistonning ikkita ko‘rgazmasi Parij muzeylarining asosiy diqqatga sazovor manzillariga aylanadi» sarlavhali  maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Unda qayd etilganidek, “Prezident Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga rasmiy tashrifi chog‘ida ikki davlat rahbarlari mashhur Luvr muzeyida «O‘zbekiston vohalari xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida», shuningdek, Arab dunyosi institutida «Samarqandga yo‘l. Ipak va oltin mo‘jizalari» ko‘rgazmalarini ochib berdilar. «Har ikki ko‘rgazma O‘zbekiston tarixi va madaniyati taraqqiyotining katta davrini qamrab olgan».

“Fair-news” nashrining yozishicha, 2018 yil oktyabr oyida O‘zbekiston rahbari Fransiyaga ilk rasmiy tashrifi chog‘ida Luvr muzeyiga tashrif buyurgan edi. «O‘sha paytga kelib ushbu muzeyda O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosiga bag‘ishlangan keng ko‘lamli ko‘rgazma o‘tkazish g‘oyasi tilga olingan va bu davlat rahbari tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlangan edi, - deb yozadi onlayn nashr. - Fransiya rahbariyati ham hamkorlikka qiziqish bildirdi. Ko‘p yillik hamkorlikda olib borilgan ishlar va izlanishlar natijasida O‘zbekiston hududida jahon ahamiyatiga molik bir qancha arxeologik yodgorliklar topildi va ular qayta tiklandi. O‘zbekiston dunyoga tarixiy va madaniy jihatdan juda qimmatli osori-atiqalarni namoyish etish mumkinligi ayon bo‘ldi. Ijrochi direktor Gayane Umerova vakilligida O‘zbekiston sanʼat va madaniyatini rivojlantirish jamg‘armasi va Luvr muzeyi o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi».

Maqolada taʼkidlanganidek, Luvrdagi ko‘rgazma qariyb ikki ming yillik tarixni o‘z ichiga olgan bo‘lib, zamonaviy O‘zbekiston hududida mavjud bo‘lgan turli sivilizatsiyalar madaniyatining ko‘p qirrali ko‘rinishini o‘zida aks ettirgan.

Mavzuga oid

Lotin Amerikasi va O‘rtayer dengizi mint...

Ispaniyaning «Informe Oriente Medio» nashrida «O‘zbekiston: Lotin Amerikasi aholisi uchun ...

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ...

Saudiya Arabistoni Podshohligining markaziy “Ar-Riyod” kundalik gazetasi sahifasida O‘zbek...

O‘zbekistonning madaniy va tarixiy ko‘rk...

O‘zbekiston Prezidenti Shakat Mirziyoyevning Fransiyaga rasmiy tashrifi doirasida Parijdag...

So`nggi yangiliklar