Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Noyabr/2022   O’zbekiston dunyo nigohida

Parijda ochilgan O‘zbekiston tarixiy merosiga bag‘ishlangan ikki yirik ko‘rgazma Quvayt OAV diqqat markazida

AL-QUVAYT, 28-noyabr. /“Dunyo” AA/.  Kuvaytning  «Q-8 Kuwait Press» gazetasi sahifasida «Yaqin yarim yilda O‘zbekistonning ikki ko‘rgazmasi Parij muzeylarining asosiy namoyishi bo‘ladi» sarlavhali maqola arab tilida chop etildi deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Unda Parijdagi Luvr muzeyi va Arab dunyosi institutida  ochilgan O‘zbekiston tarixiy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar haqidagi atroflicha maʼlumotlar qalamga olingan.

Maqolada qayd etilganidek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi. Tashrif davomida O‘zbekiston Prezidenti Fransiya Prezidenti hamrohligida  Parijdagi  ikkita yirik ko‘rgazmaning ochilish marosimida ishtirok etdi - Fransiya poytaxtidagi mashhur Luvr muzeyida O‘zbekistondan topilgan qadimiy Qurʼon sahifalari, 2000 yillik tarixga oid Budda haykali  va boshqa asori-otiqalar namoyish etilmoqda.

Gazeta «O‘zbekiston vohalarining moʻjizalari. Karvon yo‘llari chorrahasida» ko‘rgazmasi Luvrning Rishelye zali va Islom bo‘limida xronologik ketma-ketlikda joylashtirilgan beshta bo‘limdan iborat katta ko‘rgazma makoni yaratilganini alohida taʼkidlaydi. “Bular   «Voha davlatlari va podshohliklari davri: Ipak yo‘lidagi madaniyatlarning muloqoti», «O‘rta asrlar va sanʼatning gullab-yashnashi», «Markaziy Osiyoda islomning tarqalishi, madaniyat va fanda Uyg‘onish davri», «Ibn Sinodan Chingizxongacha», «Buyuk imperiyalar davri: Temuriylar va Shayboniylar» singari bo‘limlardir”, deb yozadi nashr.

Bundan tashqari mazkur maqolada Parijdagi Arab dunyosi institutida «Samarqandga yo‘l. Ipak va oltin moʻjizalari» nomli ko‘rgazma tashkil etilgani haqidagi maʼlumotlar ham o‘quvchilarning eʼtiboriga havola qilingan.

«Bu yerda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi  tomonidan «Samarqandga yo‘l. Ipak va oltin moʻjizalari» nomli ko‘rgazma tashkil etildi. Unda O‘zbekistonning XIX asr oxiri – XX asr boshlariga oid boy moddiy madaniyati taqdim etilmoqda», deb yozadi «Q-8 Kuwait Press».

Mavzuga oid

Belgiyadan munosabat: O‘zbekiston isloho...

«Artificial Intelligence 4 Development Agency» (AIDA) Yevropa portalida Belgiyaning «Diplo...

Shvetsiya savdo palatasi O‘zbekiston rah...

Yevroosiyo mintaqasi bo‘yicha Shvetsiya savdo palatasi risolasining navbatdagi sonida dav...

Seuldan munosabat: O‘zbekistondagi masji...

Janubiy Koreyada «KNN TV» telekompaniyasi va Xalqaro folklor sanʼati tashkilotiningushbu ...

So`nggi yangiliklar