Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/May/2022   Dolzarb

Ozarbayjondan munosabat: O‘zbekiston o‘zining mustaqil taraqqiyot yo‘lidan izchil odimlamoqda

BOKU, 28 may. /“Dunyo” AA/. «Janubiy Kavkaz» siyosatshunoslar klubi rahbari Ilgar Velizade (Ozarbayjon) Prezident Shavkat Mirziyoyevning 27 may kuni Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi majlisidagi maʼruzasida ilgari surilgan tashabbuslarni  sharhladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


- O‘zbekiston o‘zining mustaqil taraqqiyot yo‘lini izchil amalga oshirib, mazkur jarayonda mavjud geosiyosiy va geoiqtisodiy voqeliklarni qatʼiy eʼtiborga olmoqda. Buni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi (YEOIK) sammitidagi nutqi yana bir bor tasdliqladi.

O‘zbekiston rahbari milliy manfaatlarni hisobga olgan holda va  qo‘shni davlatlar manfaatlariga hurmat bildirgan holda, bugungi murakkab geosiyosiy vaziyatda mintaqaviy aloqalarning barqarorligini oshirishga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdi. Xususan, Toshkentning O‘zbekistonni barcha qo‘shnilari bilan bog‘laydigan, ularning manfaatlariga xizmat qiladigan samarali va barqaror transport infratuzilmasini yaratish borasidagi saʼy-harakatlari eʼtiborga loyiq, deb hisoblayman.

Innovatsion salohiyatdan yana-da samarali foydalanish va YEOIK mamlakatlari tadbirkorlarining, birinchi navbatda, yuqori texnologiyalar sohasidagi sanoat kooperatsiyasining yangi shakllarini rivojlantirish haqidagi takliflar ham yuksak eʼtiborga loyiq.

 

Mavzuga oid

Davlat ramzlari har bir mamlakatning mus...

Avstriyaning Gras tibbiyot universiteti magistranti Sanjar Pirmetov O‘zbekiston Respublika...

O‘zbekistonning mamlakatda demokratik o‘...

YUNESKO bosh direktorining o‘rinbosari Eduard Firmin Matoko O‘zbekiston Prezidenti Shavkat...

Yaponiyada yurtimizda ipakchilik sanoati...

O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasida “Fukusima-O‘zbekiston” madaniy iqtisodiy aloqal...

So`nggi yangiliklar