Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/May/2023   Madaniyat

Ozarbayjonda O‘zbekistonning boy madaniy merosi va turizm salohiyati namoyish qilindi

BOKU, 30 may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi tomonidan respublikamizning turizm salohiyatini targ‘ib qilish hamda xorijiy sayyohlar sonini yana-da oshirish maqsadida Ozarbayjon Mustaqillik kuni munosabati bilan mamlakatimizning boy madaniy merosi va turizm salohiyati taqdimoti o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


“Azeri Home Chef” ijtimoiy guruhi va “Turizm va milliy oshxonani qo‘llab-quvvatlash” nodavlat tashkiloti bilan hamkorlikda “Gala” tarixiy-etnografik muzey-qo‘riqxonasida o‘tkazilgan tadbirda Boku shahrida faoliyat yurituvchi turistik kompaniyalar, ozarbayjonlik blogerlar, madaniyat va sanʼat sohasi vakillari, vatandoshlarimiz va ko‘plab boshqa mehmonlar ishtirok etdi.

Tadbir doirasida o‘zbek milliy pazandachiligi namunalari bilan bezatilgan dasturxonimiz, milliy hunarmandchilik sanʼatining kulolchilik, o‘ymakorlik, kashtachilik kabi xalq amaliy sanʼati buyumlari ko‘rgazmasi namoyish etildi.
O‘zbekiston stendi “AzTV”, “Mədəniyyət TV” va boshqa OAV vakillari eʼtiborini o‘ziga jalb etdi.

 

 

 

Mavzuga oid

Parijda o‘zbek milliy liboslari ko‘rgazm...

Fransiya poytaxtida o‘tkazilgan «Paris Fashion Week» doirasida «La Galerie Bourbon» maro...

«O‘zbekkino» Milliy agentligi yosh kino ...

Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK) imtihon komissiyasi Rossiyadagi eng ...

Xitoy elchisi O‘zbek tili bayrami munosa...

Xitoyning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Szyan Yan 21 oktabr – O‘zbek tili b...

So`nggi yangiliklar