Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/Sentabr/2022   O‘zbekiston Mustaqilligining 31 yilligi

Olmaotada O‘zbekiston Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan bayram tadbiri Qozog‘iston TIV diqqat markazida

OLMAOTA, 13 sentyabr.  /“Dunyo” AA/. Qozog‘istonning “Baigenews.kz” elektron nashri O‘zbekiston davlat mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan rasmiy qabul marosimiga bag‘ishlangan "Olmaotada O‘zbekiston Mustaqilligi kuni nishonlandi" sarlavhali maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Nashr maʼlum qilganidek, O‘zbekistonning Olmaotadagi Bosh konsulligida o‘tkazilgan ushbu bayram tadbirida bir qator mamlakatlarning diplomatik vakolatxonalari, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari, shuningdek, ijodiy jamoatchilik vakillari ishtirok etgan.

Tadbir davomida O‘zbekiston Bosh konsuli Abror Fatxullayev so‘zga chiqib, ikki mamlakat o‘rtasidagi qardoshlik va do‘stona aloqalar tarixi uzoq o‘tmishga borib taqalishini qayd etgani qalamga olingan. "Bu yil Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo aylanmasi yiliga besh milliard dollarga yetishi mumkin, kelajakda esa uni 10 milliard dollarga qadar oshirish maqsadi har ikki davlat rahbarlari tomonidan belgilangan”, deya nashr O‘zbekiston diplomatiya vakolatxonasi rahbarining fikrlaridan iqtibos keltirgan.

“Qabul chog‘ida Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligining Olmaotadagi vakolatxonasi rahbari Bakitjan Bulegenov qutlov nutqi bilan chiqib, "chegaralarimiz do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik ko‘priklariga aylanishi kerakligiga chin dildan aminmiz",  deya taʼkidladi. 15-16 sentyabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan SHHT sammiti doirasida Qozog‘iston va O‘zbekiston Prezidentlari uchrashishi eʼlon qilindi", deb yozadi Baigenews.kz .

Shuningdek, “Baigenews.kz” Mustaqillik kuni tadbiri  doirasida O‘zbekiston Bosh konsulligi tomonidan ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan qozoq va o‘zbek ishbilarmonlariga mukofot va diplomlar topshirilgani ham o‘quvchilarning eʼtiboriga havola qilingan.

Mavzuga oid

Fransiyadan munosabat: Shaharlarimiz, ma...

Nissa shahri meri Kristian Estrozi (Fransiya) Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekisto...

Turkiya elchisi: Prezident Shavkat Mirzi...

Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Olgan Bekar bugun «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida o‘tkazil...

Turkiya elchisi: Prezident Shavkat Mirzi...

Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Olgan Bekar «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida o‘tkazilgan m...

So`nggi yangiliklar