Uz / Ўз Ru En

Toshkent

15/Sentabr/2021   Sayyohlik

Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari va Buyuk Britaniya Davlat vaziri xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlikni kengaytirish masalalari xususida fikr almashdi


TOSHKENT, 15 sentyabr. /“Dunyo” AA/. Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev kecha  Janubiy Osiyo va Buyuk Britaniya Hamdo‘stligi ishlari bo‘yicha Davlat vaziri Lord Tariq Ahmad bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Parlament yuqori palatasi manbasiga ko‘ra, Buyuk Britaniya Davlat vaziri O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jumladan, o‘tgan besh yil mobaynida erishilgan natijalarni yuqori baholadi.

Qayd etilganidek, O‘zbekiston pandemiya sharoitida iqtisodiy o‘sishni saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan sanoqli davlatlardan biriga aylandi. Davlat boshqaruvi tizimi samaradorligi oshmoqda, gender tenglik mustahkamlanmoqda, OAV va fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy hayotdagi o‘rni va taʼsiri kuchaymoqda.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi hamkorlik so‘nggi yillarda jadal rivojlanib borayotgani taʼkidlandi. Parlamentlararo aloqalar sohasida, shuningdek, siyosat, iqtisodiyot, xavfsizlik, taʼlim va boshqa sohalarda munosabatlar faollashdi.

Tomonlar 2020 yilda tasdiqlangan «Markaziy Osiyoda iqtisodiy rivojlanish maqsadida samarali boshqaruv» O‘zbekistonga yordam dasturi ijrosini ko‘rib chiqdilar. Dastur mehnat, soliq va bojxona qonunchiligini takomillashtirishga, davlat korxonalari va davlat xaridlarini boshqarish sohasida samaradorlikni oshirishga, yashil iqtisodiyotni, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish va investitsiya muhitini kengaytirishga qaratilgan.

Muloqotda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, shu jumladan, xalqaro tashkilotlar doirasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar, shuningdek, xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurashishni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, Afg‘onistondagi vaziyat va bu mamlakatdagi keyingi voqealar rivoji yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, o‘zaro qiziqish uyg‘otgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston “Virus-Free” xalqaro turizm ...

Turizm sohasida sayyohlik sanoati obyektlarini epidemiyalardan himoya qilish uchun sertifi...

O‘zbekistondagi ko‘hna islom me’morchili...

Madaniy meros jamiyat asosini, xalqimizning avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan ma’naviy qad...

Qashqadaryodagi noyob moddiy va madaniy ...

Tarixiy maskanlarni ziyorat qilish va qiziqarli sayohatlarni yaxshi ko‘radiganlar uchun be...

So`nggi yangiliklar