Uz / Ўз Ru En

Toshkent

25/Avgust/2021   Siyosat

Oliy Majlis Senati raisi va YEI Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili parlamentlararo aloqalar holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashdi


TOSHKENT, 25-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva bugun Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi tayinlangan maxsus vakili Teri Hakalani qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, shuningdek, taʼlim va ekologiya sohalaridagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish, shu jumladan, parlamentlararo aloqalarni faollashtirishning hozirgi holati va istiqbollari muhokama etildi.

Uchrashuv chog‘ida “YEI-O‘zbekiston” parlament hamkorlik qo‘mitasi doirasida samarali aloqalarni davom ettirish muhimligi qayd etildi. Uning 15-majlisi joriy yilning noyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Teri Xakala O‘zbekiston xalqini davlat mustaqilligining 30 yilligi bilan samimiy qutlar ekan, O‘zbekiston Respublikasi Preferensiyalar bosh tizimi plyus (“GSP+”) doirasida benefitsiar mamlakat maqomini olganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Bu esa o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishda muhim bosqich hisoblanadi. Tomonlarning bu yo‘nalishdagi hamkorlikni kengaytirishga bo‘lgan intilishi o‘z tasdig‘ini topdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va YEI o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim loyihasi bo‘yicha ishlar yakunlanishidan manfaatdorlik bildirilgani barobarida bo‘lajak tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham o‘zaro fikr almashildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston delegatsiyasi yangi saylanga...

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston de...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Oq uyda...

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov kecha Vashington shahrida ...

Tanzila Norboyeva O‘zbekiston hamda PI o...

Tanzila Norboyeva O‘zbekiston hamda PI o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari...

So`nggi yangiliklar