Uz / Ўз Ru En

Toshkent

07/Dekabr/2021   Dolzarb

O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasida Bosh qomusimizning 29 yilligi keng nishonlandi


TOKIO, 4 dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasida 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi hamda uning doirasida “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan Yaponiya fuqarolariga yuksak mukofotni topshirish marosimi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakatimiz elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Asosiy ionunimiz davlat mustaqilligi, xalqimizning tinch-osuda hayoti, fuqarolarimizning huquq va erkinliklari kafolati, yurtimizda bozor munosabatlari hamda xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan demokratik huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishning mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qilayotganini taʼkidladi.

“O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan bir guruh Yaponiya fuqarolariga yuksak mukofot tantanali ravishda topshirildi.

Maydzuru shahri meri Ryozo Tatami davlatimiz rahbariga bunday yuksak nishonga munosib ko‘rgani uchun chuqur minnatdorchilik bildirib, bundan keyin ham hamkorlikda madaniy-gumanitar, sport, turizm va boshqa sohalarda yangi loyihalarni amalga oshirishda davom etishini bildirdi.

Sukuba universiteti rektori Kyosuke Nagata bunday mukofot bilan taqdirlanish uning uchun katta sharaf ekanini taʼkidlab, kelgusida ham ilm-fan va taʼlim sohasida O‘zbekiston-Yaponiya munosabatlarini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shishda davom etajagini, jumladan, yaqin kelajakda yurtimizda qo‘shma oliy taʼlim muassasasini ochishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi.

Nagoya iqtisodiyot universiteti prezidenti Xaruo Saburi “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangani unga yana-da shijoat bilan ikki tomonlama qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga turtki berishini taʼkidlab, yaqin fursatlarda O‘zbekistonda Nagoya iqtisodiyot universitetining kampusi faoliyatini yo‘lga qo‘yishini bildirdi.

Nagoya iqtisodiyot universiteti professori – vatandoshimiz Alisher Umirdinov taqdirlanganlarni barchasi yurtimizning chinakam do‘stlari ekani va ushbu mukofot munosib ravishda o‘z egalarini topganini qayd etdi. Shuningdek, u Bosh qomusimiz – ozod va obod Vatan, erkin hamda farovon hayot qurishdan iborat ulug‘ maqsad yo‘lida birlashtiruvchi muhim hujjat hisoblanishini urg‘uladi.

“Guliston” raqs ansambli tomonidan mohirona ijro etilgan o‘zbek milliy raqslari mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi.

Tadbir yakunida, ishtirokchilarga bayram dasturxoni yozilib, milliy taomlar va shirinliklar ulashildi.

Mavzuga oid

Germaniyadan munosabat: Tarixi uzoq asrl...

«Laurea Germania» kompaniyasi (Gamburg) asoschisi Farid Zokirov «Dunyo» AAga Prezident Sha...

Qozog‘istondan munosabat: O‘zbekiston Pr...

Qozog‘iston milliy san’at universiteti dotsenti Asel Dodirova O‘zbekiston Prezidenti Shavk...

O‘zbekistonda maktablarda yakuniy imtih...

2019-2020-o‘quv yilidagi maktab imtihonlari karantin sababli bekor qilindi. Bu haqda xalq ...

So`nggi yangiliklar