Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Iyun/2022   Sayyohlik

O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati Seuldagi xalqaro ko‘rgazmada taqdim etildi

SEUL, 29-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi «Uzbekistan Airways» AJ hamda «Ameks Travel» sayyohlik kompaniyasi bilan birgalikda «Korea World Travel Fair 2022» (KOTFA) xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida O‘zbekistonning sayyohlik imkoniyatlarini taqdim etdi, deb xabar qilayapti “Dunyo” AA muxbiri.


Koreya Respublikasi Madaniyat, sport va turizm vazirligi, Janubiy Koreya Turizm tashkiloti  va Jahon sayyohlik tashkiloti tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmaning maqsadi mahalliy jamoatchilikni mamlakatlarning boy madaniyati bilan tanishtirish orqali turizmga eʼtibor qaratib madaniy almashinuvni rag‘batlantirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda turizm sohasidagi tashkilotlar, 60 dan ortiq mamlakatning (jumladan, Osiyo, Yevropa, Afrika, Amerika, Okeaniya) turizm, havo qatnovi va mehmonxona biznesi sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston milliy stendida hunarmandchilik, zargarlik, yog‘och o‘ymakorligi, ipakchilik, shuningdek, xalq amaliy sanʼatining boshqa namunalari namoyish etildi.

Stendga tashrif buyurganlarga o‘zbek xalqining madaniy merosi, boy tarixi va anʼanalari, milliy taomlari aks ettirilgan, O‘zbekistonning mashhur sayyohlik yo‘nalishlari, Samarqand, Buxoro va Xivaning qadimiy meʼmoriy yodgorliklari haqida hikoya qiluvchi videoroliklar namoyish etildi. O‘zbekistonda ziyorat, ekologik, maʼrifiy, etnografik, gastronomik, sport, biznes, yoshlar va oila kabi turizmning yangi turlarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida maʼlumot berildi.

Stend doirasida mahalliy ijtimoiy tarmoqlarda «# Uzbekistan», “# visituzbekistan” xeshteglari ostida aksiya o‘tkazildi.

Xalqaro ko‘rgazma tashkilotchilari va mehmonlarining fikricha, ushbu tadbirda ishtirok etish Janubiy Koreyada O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi va respublikaga xorijiy sayyohlar oqimini oshirishga yordam beradi.

Mavzuga oid

Talabalar Yaponiyaning turizm sohasidagi...

Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan tashkil etilgan Yoshlar tur...

Turkiyalik inflyuyenserlar Buxoroga sayo...

Turkiyaning yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari hamda qator taniqli inflyuyenser...

Sayyohlarga tezkor yordam ko‘rsatuvchi C...

O‘zbekiston Respublikasi IIV Xavfsiz turizmni taʼminlashni muvofiqlashtirish boshqarmasini...

So`nggi yangiliklar