Uz / Ўз Ru En

Toshkent

07/Avgust/2020   Jamiyat

O‘zbekistonning oltita telekanali Germaniyaning “Kartina.TV” xalqaro platformasi orqali dunyo bo‘ylab tarqatilmoqda

FRANKFURT-MAYN, 7 avgust. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasining Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magida «Biz-TV» onlayn telekanali dasturlari “Kartina.TV” xalqaro tarmog‘i platformasi orqali efirga uzatila boshlandi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


“Biz-TV” onlayn telekanali (www.biztv.uz) bir guruh tashabbuskor yoshlar tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, madaniy-ko‘ngilochar yo‘nalishda faoliyat yuritadi.

Onlayn kanalning asosiy auditoriyasi xorijiy davlatlarda yashayotgan, mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlardan iborat. Kanal dasturlaridan chet davlatlarda yashayotgan o‘zbekistonliklarning bugungi turmush tarzi, yutuq va muvaffaqiyatlari, hayot tajribalariga bag‘ishlangan rang-barang ko‘rsatuvlar, mamlakatimizning sayyolik salohiyatiga oild roliklar, ko‘ngilochar dasturlar, milliy kino, serial va musiqa o‘rin olgan.

“Kartina.TV” xalqaro platformasi dunyo bo‘ylab 200 dan ortiq telekanalni translyatsiya qiluvchi nufuzli kompaniyalardan sanaladi. Bugungi kunga qadar mazkur platforma mamlakatimizdagi «O’zbekiston», «O’zbekiston-24», «UzReport», «Milliy» va «ZO’R TV» telekanallari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lgan qo‘ygan. Mazkur telekanallar tomonidan tayyorlangan telemahsulotlar “Kartina.TV” xalqaro platformasi orqali dunyo bo‘ylab uzluksiz namoyish etilmoqda.

Endi telemuxlislar dunyoning qaysi nuqtasida bo‘lishidan qa’iy nazar, mamlakatimizning ushbu oltita telekanalini “Kartina.TV” platformasi vositasida tomosha qilishi mumkin.

Mavzuga oid

O‘zbekistonda epidemiologik vaziyatni sa...

Qozog‘iston poytaxti – Nur-Sulton shahrida «Markaziy Osiyoda Covid-19 pandemiyasi davrida ...

O‘zbekistonning amerikalik do‘sti Freder...

Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Markaziy Osiyo va Kavkaz institutining asoschisi, raisi, fan...

O‘zbekistonlik polvon gomelliklar qalbin...

Dunyodagi eng kuchli polvonlardan biri, o‘zbekistonlik Faxriddin Axnazarov Gomel (Belarus)...

So`nggi yangiliklar