Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/Aprel/2021   O’zbekiston dunyo nigohida

O‘zbekistonning mintaqaviy siyosati Indoneziya ommaviy axborot vositalari diqqat markazida

JAKARTA, 17 aprel. / «Dunyo» AA /. Indoneziyaning «Kompasiana» yangiliklar saytida «O‘zbekistonning yangi mintaqaviy yo‘nalishi: yutuqlar va istiqbollar» sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Materialda O‘zbekiston tomonidan jahon maydonida olib borilayotgan yangi, izchil va konstruktiv tashqi siyosat haqida so‘z yuritilgan.

« O‘zbekiston Prezidentining tashabbusi bilan so‘nggi to‘rt yil davomida Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari bilan oliy darajadagi tashriflar almashinuvi bo‘lib o‘tdi. Mintaqa davlatlari rahbarlari o‘rtasidagi siyosiy aloqa muntazamlik kasb etdi, doimiy xarakterga ega bo‘ldi. Bunday aloqalar jarayonida Markaziy Osiyo mamlakatlari manfaatlariga xizmat qiladigan mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha muhim qo‘shma qarorlar qabul qilinmoqda. Hujjatlar xavfsizlik, iqtisodiyot, investitsiyalar, turizm, madaniyat, sog‘liqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va boshqa yo‘nalishlarni qamrab olgan», deb ta’kidlanadi nashrda.

Maqolada Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan O‘zbekistonning eng muhim xalqaro tashabbuslaridan biri - Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlari yo‘lga qo‘yildi. Mazkur 2017 yil sentabr oyida BMT Bosh assambleyasi 72-sessiyasida ilk bora ilgari surilgan mazkur tashabbus keng xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi va mintaqa davlatlari rahbarlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

«Bugun O‘zbekiston Markaziy Osiyoda faol mintaqaviy siyosat yuritish, hamkorlikni kengaytirish, mintaqa mamlakatlari bilan do‘stlik munosabatlarini mustahkamlash uchun eng qulay siyosiy muhitni shakllantirishga ustuvor ahamiyat berayotgani o‘z samarasini bermoqda», deyiladi maqolada.

«O‘zbekiston rahbariyatining faol va konstruktiv mintaqaviy siyosati qo‘shni davlatlar va Toshkentning sherik davlatlari tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanmoqda. Ushbu omil mintaqa davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy aloqalarni uzoq muddatli asosda yanada kengaytirish va chuqurlashtirishga yordam bermoqda, butun mintaqa rivojiga yangi turtki bo‘lmoqda»,  deya xulosa qiladi «Kompasiana» muxbiri.

Mavzuga oid

Transafg‘on transport yo‘lagi va “Mozori...

Malayziyada chop etiladigan «Sinar Harian» («Kundalik yorug‘lik») gazetasi sahifasida Mala...

Buyuk Britaniyadan munosabat : Islohotla...

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi «Connect Real Estate Club» kompaniyasi bil...

«Boysun bahori» festivali Janubiy Koreya...

Janubiy Koreyada ingliz tilida chop etiladigan «The Korea Post» jurnali sahifasida joriy y...

So`nggi yangiliklar