Uz / Ўз Ru En

Toshkent

09/Dekabr/2021   Media

O‘zbekistonning iqlim siyosati Yevropa matbuoti nigohida


BRYUSSЕL, 9-dekabr. /«Dunyo» AA/. Yevropaning yetakchi internet-nashri «EU Reporter» sahifasida «O‘zbekistonning iqlim siyosati: iqtisodiyotning eng zaif tarmoqlarida chora-tadbirlarni amalga oshirish va moslashtirish» sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.  

Nashrning yozishicha, global iqlim o‘zgarishi zamonamizning eng jiddiy muammolaridan biri bo‘lib, dunyoning barcha mamlakatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va barqaror taraqqiyotga g‘ov bo‘ladi. Iqlimning global isib ketishi dunyo bo‘ylab qurg‘oqchilik, to‘fonlar, jazirama issiqlik, yong‘inlar, jala va suv toshqinlari kabi ekstremal tabiiy hodisalarni keltirib chiqarmoqda.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishining oldini olish va uning salbiy oqibatlarini yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. 

Xususan, 2019 yilda “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida"gi qonun, “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi  texnologiyalarni   joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda “O‘zbekiston Respublikasining 2019-2030 yillar davrida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilindi.

«Shu bilan birga, suv resurslarining kamayib ketishiga qarshi kurash choralari kuchaytirilmoqda. Orol dengizining qurishi oqibatlarini yumshatish chora-tadbirlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Orolbo‘yida cho‘llanish va yerlar degradatsiyasi 2 million gektardan ortiq maydonda sodir bo‘lmoqda”, - deyiladi maqolada. 

Nashrning xabar berishicha, O‘zbekiston Orolbo‘yi mintaqasidagi ekologik inqirozning oqibatlarini yumshatish bo‘yicha faol sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda. 

Prezidentimiz tashabbusi bilan 2018 yilda BMT shafeligida tashkil etilgan Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik Trast jamg‘armasi Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi jamoalarning ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida milliy va xalqaro darajadagi hamkorlik, shuningdek global barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini jadallashtirish uchun yagona platforma vazifasini o‘taydi. 

“Umuman olganda, xalqaro iqlim kun tartibida bo‘lgan O‘zbekistonning atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi uzoq muddatli siyosati Markaziy Osiyo mintaqasidagi ekologik vaziyatni yanada yaxshilashga qaratilgan”, - deya xulosa qiladi «EU Reporter» internet nashri.

Mavzuga oid

Seulda axborot va kommunikatsiya texnolo...

O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasida Koreya Respublikasi Fan va axborot-kommunikatsiya t...

Akademik Akmal Saidov: Markaziy Osiyo mi...

"Yangi O‘zbekiston" gazetasining 2021 yil 15 iyuldagi sonida Oliy Majlis Qonunchilik palat...

Germaniyadan munosabat: O‘zbekistonda uz...

Germany Trade & Invest» agentligi (GTAI)ning internet sahifasida «O‘zbekistonda chet el ko...

So`nggi yangiliklar