Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/Iyun/2021   Ilm-fan

O‘zbekistonning innovatsion salohiyati Isroilda taqdim etildi


TЕL-AVIV, 13 iyun. /«Dunyo» AA/.  Mamlakatimizning Isroildagi elchixonasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston innovatsion salohiyatining onlayn-taqdimotini o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Tadbirda O‘zbekiston tomondan Innovatsion rivojlanish va Qishloq xo‘jaligi vazirliklari, Fanlar akademiyasi, Yashnobod innovatsion  texnoparki, yoshlar tashkilotlari vakillari, Isroil tomondan Fan va texnologiya vazirligi, Fanlar akademiyasi, Ilg‘or texnologiyalar sanoati uyushmasi, Xolon texnologiya instituti va qator ixtisoslashgan kompaniyalarning vakillari ishtirok etdi.
Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova respublikada ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalarni infratuzilmani rivojlantirish, innovatsion g‘oya va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish, huquqiy bazani takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida ma’lumot berdi.
Startap-ekotizimni yaratishda, birinchi navbatda, yosh avlodni jalb etgan holda maqsadli qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Isroil tomoni, shuningdek, ilmiy-tajriba ixtisoslashgan laboratoriyalar, yuqori texnologiyali markazlar, texnologiya parklari va boshqa tuzilmalarni xorijiy sarmoyadorlar ishtirokida ishga tushirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishtirildi.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Baxtiyor Ibragimov Fanlar akademiyasi institutlarining innovatsion faoliyati, jumladan, qishloq xo‘jaligi va farmatsevtika sohalaridagi ishlanmalari haqida atroflicha to‘xtaldi.
Isroilning Ilg‘or texnologiyalar sanoati uyushmasi prezidenti Karin Mayer O‘zbekistonning hamkor tashkilotlari bilan ikki tomonlama aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanini bildirdi. U Isroilning “startap-millat” sifatidagi eng yaxshi amaliyotlarini sharhlar ekan, ekotizimlarning samarali ishlashi uchun uch tomonlama -  «davlat sektori - xususiy kompaniyalar - akademik tashkilotlar»ning o‘zaro ta’sir mexanizmini ta’kidladi.
Universitetlararo hamkorlik doirasida yosh avlod orqali bilim berishni yo‘lga qo‘yish, jumladan, doktorlik dissertatsiyalari va doktorlik ilmiy-tadqiqotlarini tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturlari muhimligi qayd etildi.
Tadbir natijasida tomonlarni qiziqtirgan sohalarda ikki tomonlama muloqotni davom ettirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston bilan Yaponiya universitetla...

Saytama universiteti – bu xuddi shu nomdagi prefekturaning poytaxti bo‘lgan Saytama shahri...

Taʼlim tizimida xalqaro baholash dasturl...

Samarqand viloyatida «Xalqaro baholash dasturlariga tayyorgarlik ko‘rishda tayanch maktab ...

Samarqand davlat universiteti —Ulug‘bek ...

Unda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov, YUNESKOning Markaziy Osiyo vakolatxonasi rahbari Kr...

So`nggi yangiliklar