Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Fevral/2022   Sanalar

O‘zbekistonning BMT Butunjahon sayyohlik tashkiloti bilan o‘zaro hamkorlik munosabatlari tobora ravnaq topmoqda

TOSHKЕNT, 24-fevral. /«Dunyo» AA/. Joriy yil 2 mart kuni O‘zbekiston va BMT hamkorlikning 30 yilligini nishonlaydi. Mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashgan muassasalari, jumladan, Butunjahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) bilan samarali hamkorlik qilmoqda. 


UNWTO – BMT tizimidagi ixtisoslashgan hukumatlararo tashkilot. U o‘zining atrofiga 158 a’zo mamlakatni, shu jumladan, O‘zbekistonni birlashtirgan. 

O‘zbekiston 1993 yili BMT Butunjahon sayyohlik tashkiloti a’zoligiga kirganidan buyon jahon sayyohlik markazlaridan biri bo‘lgan mamlakatimiz yirik xalqaro sayyohlik anjumanlarini o‘tkazish go‘shasiga (1994 yili Samarqandda, 1999 yili  Xivada va 2002 yili Buxoroda) aylandi.

BMT Butunjahon sayyohlik tashkiloti tomonidan baho berilishicha, O‘zbekiston sayyohlik jabhasi shitob bilan rivojlanayotgan besh mamlakatning qatoridan o‘rin oldi. Nufuzli «The Guardian» gazetasi mamlakatimizni dunyodagi eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishlaridan biri, deb e’tirof etdi. 

Butunjahon sayyohlik tashkiloti Buyuk Ipak yo‘lida sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirishg bo‘yicha xalqaro hamkorlikning mustahkamlanishida O‘zbekistonning yetakchilik o‘rnini, respublikamizda boy ma’naviy va madaniy merosni o‘rganish va keng tarqatish hamda ko‘hna yodgorliklar va me’moriy majmualarni ta’mirlash va avaylab asrash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni yuqori baholaydi.  

Sayyohlikka milliy iqtisodiyotning strategik jabhasi maqomining berilishi to‘g‘risidagi farmon Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Prezidenti lavozimidagi ilk qarorlaridan biri bo‘ldi, turizm industriyasi esa ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega tarmoq, deb e’tirof etildi. Xorijiy sheriklar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarining mustahkamlanayotgani sharoitida O‘zbekiston va BMT Butunjahon sayyohlik tashkiloti o‘rtasida o‘rnatilgan o‘zaro munosabatlarning yuqori darajada ekanligi, shubhasiz, katta e’tiborga molikdir.    

Butunjahon sayyohlik tashkiloti bilan hamkorlikning mustahkamlanishi qator muhim hujjatlarning qabul qilinishiga turtki bo‘ldi. Masalan, 1994 yili 19 mamlakat Buyuk Ipak yo‘lida sayyohlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi Samarqand deklaratsiyasini qabul qildi, 1999 yili Turizm va madaniy merosni asrash bo‘yicha Xiva deklaratsiyasi, 2002 yilda esa Ipak yo‘li bo‘yida sayyohlikka doir Buxoro deklaratsiyasi imzolandi. 

1995 yili O‘zbekiston tashabbusi va  YUNVTOning qo‘llab-quvvatlashgi bilan Toshkentda har yili o‘tkaziladigan Xalqaro sayyohlik yarmarkasi ta’sis etildi. Bu Markaziy Osiyo mintaqasidagi asosiy sayyohlik anjumani bo‘lib qoldi. 

1997-2001 yillar davrida O‘zbekiston Yevropa uchun YUNVTO komissiyasi raisining o‘rinbosarligiga hamda Tashkilot Ijroiya kengashining a’zoligiga saylandi. 

O‘zbekistonning jahon sayyohligini rivojlantirishdagi muhim hissasi e’tirof etilgan holda 2004 yil 19 may kuni San-Marinoda O‘zbekiston hukumati va  Butunjahon sayyohlik tashkiloti o‘rtasida “Samarqand shahrida Buyuk ipak yo‘li bo‘yicha mintaqaviy ofis ochish” to‘g‘risidagi Bitim imzolandi. Ushbu hujjat 2004 yil 21 oktabrda respublika Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlandi.

YUNVTO “Ipak yo‘li” loyihasi doirasida O‘zbekistonni o‘zining yetakchi sheriklaridan biri sifatida ko‘radi. Tashkilot rahbariyatida O‘zbekistonning YUNЕSKO Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan bebaho madaniy-tarixiy ob’ektlar hamda moddiy va nomoddiy merosga ega bo‘lgan noyob mamlakat ekanligi to‘g‘risida qat’iy tushuncha mavjud.

2020 yili O‘zbekiston 2023 yilda YUNVTO Bosh assambleyasining 25- sessiyasini Samarqandda o‘tkazish bo‘yicha rasman o‘z nomzodini ilgari surdi. 2021 yil dekabr oyida YUNVTO Bosh assambleyasining Madrid shahrida (Ispaniya) bo‘lib o‘tgan 24-sessiyasidagi ovoz berish natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Portugaliyani ortda qoldirdi. Samarqand 2023 yilda YUNVTO Bosh assambleyasining 25- sessiyasi o‘tkaziladigan joy sifatida e’lon qilingani, shubhasiz, tarixiy voqea bo‘ldi.

Ko‘pgina ekspertlarning fikricha, bu g‘alaba O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan muvaffaqiyatli ochiqlik siyosati hamda mamlakatning jahon maydonidagi obro‘-e’tiborini oshirishga yo‘naltirilgan keng qamrovli islohotlarning yaqqol natijasi hisoblanadi.

O‘tgan yillar davomida YUNVTO bilan hamkorlikda mamlakatimiz sayyohlik sohasini rivojlantirish borasida ko‘p muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdi. Natijalar e’tiborga molikdir. Bugungi kunda O‘zbekistonda sayyohlik salohiyatini yanada kuchaytirish bo‘yicha katta ishlar olib borilmoqda: obodonlashtirish ishlari bilan birga yangi sayyohlik ob’ektlari barpo etilmoqda, mamlakatning turizm infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha diqqatga molik ishlar izchillik bilan hayotga tadbiq etilmoqda, YUNVTO bilan milliy va global turizmni rivojlantirishga yo‘naltirilgan hamkorlikni yanada ravnaq toptirish bo‘yicha strategiya ishlab chiqilmoqda.

Mavzuga oid

Amir Temur – ilm-fan va bunyodkorlik hom...

9-aprel - Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun. Ushbu sana munosabati bilan buyuk bo...

JIDUda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida...

Bugun ertalab Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) O‘zbekiston va Yapon...

Amir Temur – ilm-fan va bunyodkorlik hom...

9 aprel - Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun. Sana munosabati bilan buyuk bobokalon...

So`nggi yangiliklar