Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Dekabr/2021   Dolzarb

O‘zbekistonning Belgiyadagi elchixonasi diplomatiya missiyasi konsullik okrugi hududida bo‘lib turgan vatandoshlarga murojaat yo‘lladi


 BRYUSSEL, 2 dekabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning  Belgiyadagi elchixonasi diplomatiya missiyasi konsullik okrugida (Belgiya, Daniya, Niderlandiya, Lyuksemburg) vaqtincha va doimiy bo‘lib turgan hamda Yevropa mamlakatlariga chiqish istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat yo‘lladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Quyida ushbu murojaatning matni keltirilmoqda:

“Hurmatli vatandoshlar,

Boltiqbo‘yi mamlakatlari, Polsha, Ruminiya, Bolgariya, Ukraina, Rossiya va Belarusda xorijiy va O‘zbekiston fuqarolari tomonidan tashkil etilgan, o‘z faoliyatini turli ijtimoiy tarmoqlar orqali vatandoshlarning guruhlarida reklama qilayotgan, xorijga ishga yoki o‘qishga jo‘natish vakolatiga ega bo‘lmagan turli uyushgan guruhlarga ishonib qolmang!

Agar siz yuqorida maʼlum qilingan mamlakatlar orqali konsullik okrugidagi davlatlarda ish qidirib yurgan bo‘lsangiz, albatta mamlakatda mehnat qilishga tegishli ruxsat olganingizdan so‘ng o‘z faoliyatingizni boshlang!

Yevropa mamlakatlariga ishga yoki o‘qishga borish uchun qisqa muddatlarda rasmiy xorijiy viza va zarur hujjatlarni tayyorlab berish taklifini olgan holatlarda Tashqi mehnat migrasyasi agentligi (71 202 33 55, 71 200 00 61 yoki 1282) va O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalari (https://mfa.uz/uz/pages/about-missions) bilan maslahatlashing!

Xorijga vaqtincha yoki doimiy yashash, ishlash va o‘qishga kelganingizad elchixonada konsullik ro‘yxatiga (https://consulate.mfa.uz/) turishni unutmang!

Chet mamlakatda fuqarolarimizning hamda xorijliklarning ishonchiga kirish, ulardan turli g‘arazli maqsadlarda foydalanish uchun o‘zini o‘zbekistonliklarning vakili, himoyachisi sifatida ko‘rsatishga urinayotgan, turli ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri xabarlar, asossiz maʼlumotlar, masalaning asl mohiyatini anglamasdan elchixonalar faoliyatiga aralashishga urinayotgan va bu kabi noqonuniy harkatlari orqali xorijdagi fuqarolarni chalg‘itishga urinayotgan shaxslarning fitnalaridan ehtiyot bo‘ling!

Yevropa mamlakatlarida huquqiy madaniyatning yuqoriligi, qonunlar va davlat idoralarining samarali faoliyat ko‘rsatishini inobatga olib, chet elda bo‘lib turganingizda turli firibgar shaxslarning aldoviga tushib qolsangiz, ularning noqonuniy harakatidan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz, xorijiy mamlakatlar huquqni muhofaza qilish idoralariga yoki elchixonaning +32 2 661-20-42 telefon raqami, consulat@uzbekistan.be elektron pochtasi yoki https://t.me/CONSULMFAUZ telegram kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qiling!

Shuningdek, xorijda mablag‘siz qiyin ahvolga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolariga elchixona orqali respublikamiz hukumati tomonidan ajratilgan pul mablag‘lari hisobidan moddiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatilishini ham maʼlum qilamiz”.

Mavzuga oid

Qiynoqlar insoniyatga qarshi jinoyatdir....

«Pravda Vostoka» gazetasining bugungi sonida O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direk...

Moliya vazirligi vakillari global videok...

O‘zbekiston moliya vazirligi tomonidan «Raiffeisen Bank International» bilan hamkorlikda 3...

BAA koronavirusga qarshi kurashish uchu...

Birlashgan Arab Amirliklari O‘zbekistonga COVID-19 ga qarshi kurashish maqsadlari uchun 7 ...

So`nggi yangiliklar