Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Dekabr/2021   Iqtisodiy diplomatiya

O‘zbekistonning Belgiya va Ukrainadagi elchilari Dehqonobod tumanida amalga oshirilayotgan iqtisodiy loyihalar bilan tanishdi

TOSHKЕNT,  24-dekabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi Dilyor Hakimov va  mamlakatimizning Ukrainadagi diplomatiya  vakolatxonasi  rahbari Alisher Kurmanov Qashqadaryoda viloyatining Dehqonobod tumanida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishdi, deb xabar  bermoqda «Dunyo» AA muxbiri. 


Diplomatlar tumandagi qurilish materiallari korxonalari, chorvachilik va tog‘oldi bog‘dorchilik yo‘nalishidagi xo‘jaliklarda bo‘lib, uchrashuvlar o‘tkazdi.  

Muloqot davomida Belgiya va Ukrainadan investitsiyalar jalb etish, tuman tadbirkorlarining xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. 

- Mamlakatmizning xorijiy davlatlardagi elchilarining  Dehqonobod tumanida amalga oshirilayotgan iqtisodiy jarayonlar  bilan bevosita tanishish uchun kelgani biz uchun ayni muddao bo‘ldi, - dedi tuman hokimi o‘rinbosari Sherzod Rahimov. - Boisi, xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, tumanga investorlar jalb etishni maqsad qilganmiz. Diplomatlar bu borada bizga zarur yordam ko‘rsatishini ta’kidladi.

Kelgusidagi amaliy rejalarni ham kelishib oldik.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari ...

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari ...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Um...

O‘zbekiston delegatsiyasi «MWC Barcelona...

O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Sherm...

So`nggi yangiliklar