Uz / Ўз Ru En

Toshkent

10/Iyul/2021   Tahlil

O‘zbekistonning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari Janubiy Koreya «aql markazlari» diqqat markazida


SЕUL, 10 iyul. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar Janubiy Koreyaning yetakchi tahliliy markazlari tomonidan ham e’tirof etilmoqda, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Xususan,  Janubiy Koreyaning yetakchi «aql markazlari»dan biri – Koreya Respublikasi Xalqaro iqtisodiy siyosat instituti (KIEP) saytida «O‘zbekistonning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari»  sarlavhali tahliliy maqola  e’lon qilindi.

Nashrning qayd etishicha, O‘zbekiston dunyoda bugun iqtisodiyoti tez rivojlanayotgan sanoqli davlatlardan biri hisoblanadi. O‘tgan o‘n yil mobaynida respublikaning YAIM o‘sish sur’atlari MDH mamlakatlarining (Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Qirg‘iziston, Tojikiston) o‘rtacha ko‘rsatkichidan oshib ketdi.

2017 yilda boshlangan islohotlar jarayoni iqtisodiy o‘sishning yangi omillarini faollashtirish - investitsiya muhitini yaxshilash, eksport salohiyatini kengaytirish, tashqi savdoni faollashtirish, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga qaratildi. Valyuta bozorini liberallashtirish, viza tartibini soddalashtirish va biznes yuritish uchun qator ma’muriy xarajatlarni kamaytirish bu yo‘ldagi muhim qadamlarga aylandi.

Bundan tashqari, qator yangi qonunlar, jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va boshqa uzoq muddatli dasturlar qabul qilindi.

Pandemiya bilan bog‘liq inqirozning murakkab davrida dunyoning aksariyat mamlakatlaridan farqli o‘laroq, O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishning ijobiy dinamikasini saqlab qolishga va ishsizlikning keng miqyosda ko‘payishining oldini olishga muvaffaq bo‘ldi. Qo‘shnilar bilan aloqalar yaxshilanib, ko‘plab mamlakatlar bilan tashqi savdo kuchaydi, bu esa valyuta bozorini liberallashtirish va tashqi savdo yo‘lidagi to‘siqlarni kamaytirishga ko‘maklashdi, deya ta’kidlaydi mualliflar.

Mavzuga oid

O‘zbekistonning mintaqaviy siyosati: Mar...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlis...

YeIK hududida dori vositalarini ishlab c...

YeIK hududida dori vositalarini ishlab chiqarish xususiyatlari

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish...

Janubiy Koreya iste’molchilar agentligi tashabbusi bilan «Iste’molchilarning transchegarav...

So`nggi yangiliklar