Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Dekabr/2021   Media

O‘zbekistonning Afg‘oniston orqali Pokistonga yangi transport yo‘lagini barpo etish tashabbusi Polsha ommaviy axborot vositalari diqqat markazida


VARSHAVA, 1 dekabr  /“Dunyo” AA/. Polshaning «Intermodal News»  axborot portalida «Yangi transport yo‘lagi O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokistonni bir-biriga bog‘laydi» sarlavhali maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 Unda qayd etilishicha, fevral oyida Toshkentda O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston vakillari O‘zbekiston tarixidagi eng yirik loyihalardan biriga aylanadigan,  «Asr loyihasi» deya eʼtirof etilayotgan  “Termiz–Mozori-Sharif-Kobul-Peshovar” temir yo‘lini qurish bo‘yicha bitimni  imzoladi.

 Nashrda Jahon banki loyiha ishlari uchun mablag‘ ajratishga rozilik bergani va bu loyiha ishtirok etayotgan barcha mamlakatlar uchun iqtisodiy, geografik va siyosiy jihatdan foydali bo‘lishi qayd etilgan.

«Janubiy va Markaziy Osiyoni bog‘lovchi yo‘l siyosiy va iqtisodiy jihatlarni hisobga olgan holda Afg‘oniston iqtisodiyotining rivojlanishiga xizmat qiladi. Tranzit uchun barcha mablag‘lar Afg‘oniston byudjetiga to‘lanadi, O‘zbekiston esa Pokiston portlariga yo‘llarning ochilishidan manfaat ko‘radi. Natijada bitta o‘zbek konteynerini Pokiston orqali tashish 3-4 barobar arzonlashadi vaqt esa 4-5 barobarga qisqaradi. O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy va Termiz-Mozori-Sharif-Kobul-Peshovar temir yo‘llari mamlakat tarixidagi eng yirik infratuzilma loyihalaridan biriga aylanadi»,  - deya taʼkidlanadi  maqolada.

Mavzuga oid

Bryusselda «YI - O‘zbekiston» do‘stlik g...

O‘zbekistonning Belgiyadagi elchixonasida "Yevropa Ittifoqi - O‘zbekiston" do‘stlik guruhi...

O‘zbekistonning mintaqalararo aloqalarni...

Pokistonning yetakchi nashrlaridan biri - «Pakistan Observer» gazetasi va uning veb-sahifa...

O‘zbekiston va Xitoy diplomatik aloqalar...

Pokistonning «Daily Spokesman» va «National Herald Tribune» gazetalarida O‘zbekiston va ...

So`nggi yangiliklar