Uz / Ўз Ru En

Toshkent

04/Avgust/2021   Ta'lim

O‘zbekistonlik talabalar Vuchong ta’lim va madaniyat jamg‘armasi grantini qo‘lga kiritdi

SЕUL. 4 avgust. /«Dunyo» AA/. Mamlakatimiz elchixonasi  va O‘zbekiston Yoshlar umumjahon assotsiatsiyasining Koreya Respublikasidagi vakillari Vuchong ta’lim va madaniyat jamg‘armasi (Woojung Education & Culture Foundation) tomonidan 2021/2022 o‘quv yilida o‘zbekistonlik talabalar uchun e’lon qilingan grantga nomzodlar bilan suhbat o‘tkazdi, deya xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Elchixona ma’lumotiga ko‘ra, joriy yil mazkur grant tanlovining bakalavr bosqichi uchun Koreya Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 70 nafar o‘zbekistonlik yigit-qiz hujjat topshirdi. Birinchi bosqichda 30 nafar talaba tanlab olinib, ular bilan intervyu shaklida suhbat o‘tkazildi. 
Yakunda 6 nafar eng bilimdon va iqtidorli talabalar grant olish uchun  tavsiya etildi.
Vuchong ta’lim va madaniyat jamg‘armasi «Booyoung Group» korporatsiyasi raisi Li Jung Kvon tomonidan 2010 yilda tashkil etilgan. Jamg‘arma Osiyo, Janubiy Amerika va Afrika qit’asidagi 38 mamlakatning Janubiy Koreyada ta’lim olayotgan talabalarini rag‘batlantirish maqsadida grant ajratadi.
O‘zbekistonlik iqtidorli talabalar har yili ushbu jamg‘arma granti sohibiga aylanishadi.

Mavzuga oid

Janubiy Koreyaning O‘zbekiston bilan ham...

Janubiy Koreyaning Adju universitetida ushbu ta’lim dargohining yangi prezidenti professor...

Ukraina va O‘zbekiston universitetlari o...

Universitetlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Ukrainaning Xerson davlat universit...

O‘zbekistonda ayollar, tinchlik va xavfs...

Mazkur tashabbus haqida YEXHT Kotibiyati tomonidan tashkil etilgan «Ayollar, tinchlik va x...

So`nggi yangiliklar