Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/May/2023   Fakt

O‘zbekistonlik zardo‘z usta Parijdagi Arab dunyosi institutida mahorat darslarini o‘tkazdi

PARIJ, 30-may. /«Dunyo» AA/. Joriy yilning 27-28-may kunlari Parijdagi Arab dunyosi institutida o‘tkazilayotgan «Samarqandga yo‘l. Ipak va oltin mo‘jizalari» ko‘rgazmasiga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy dastur doirasida o‘zbek zardo‘z ustasi Nodir Rasulovning mahorat darslari tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Tadbir Fransiya jamoatchiligi tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi va unda 60 dan ziyod o‘zbek madaniyati ixlosmandlari ishtirok etishdi.  

Mahorat darslari O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi San’at va madaniyatni rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magida tashkil etildi. 

Tadbirdan maqsad o‘zbek xalq amaliy san’atining ushbu yo‘nalishidagi eng yaxshi an’analarni rivojlantirish, o‘zbek zardo‘zlik maktabining noyob namunalarini keng targ‘ib qilish hamda O‘zbekiston sayyohlik salohiyatini yanada oshirishdan iborat.  

Mahorat darsida ishtirokchilarga zardo‘z ustasi tomonidan ushbu yo‘nalishning kelib chiqish tarixi, sir-asrorlari, tikish uslublari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 

Ishtirokchilar zardo‘zlik dastgohida o‘z tajribalarini oshirish imkoniyatiga ham ega bo‘ldilar. 

Shuningdek, mahorat darsiga kelgan fransuz jamoatchilik vakillarida zardo‘z ustaning ipak tolalari bilan yuqori mahoratda ishlashi hamda matoga betakror o‘zbek madaniyati va tarixini o‘zida o‘zida mujassam etgan nafis naqshlarni tushirishi katta taassurot qoldirdi. 

Xususan, tadbir ishtirokchisi bo‘lgan Karin Brisse O‘zbekiston madaniyati, urf odatlarini katta qiziqish bilan o‘rganishini hamda o‘zbek hunarmandchilik maktabining dunyoda alohida o‘rni borligini ta’kidladi. 

«Bugungi tadbirga kelib o‘zim uchun o‘zbek madaniyati bilan yaqindan tanishish va zardo‘zlikka oid ko‘plab yangiliklar bilan tanishdim. Tadbir qahramoni tomonidan namoyish etilgan mahorat darsi O‘zbekistonda nafaqat zardo‘zlik, balki hunarmandchikning boshqa yo‘nalishlari ham rivojlanayotganini yaqqol dalili bo‘ldi», dedi u.

Mahorat darsining faol ishtirokchilaridan bo‘lgan Veronik Le Pennek o‘zbek madaniyati va san’atiga qiziqishi yuqoriligini ta’kidlab, ushbu tadbir fransuz zardo‘zlik ixlosmandlari uchun o‘zgacha kayfiyat bag‘ishlaganini bildirdi.

«Bugun usta zardo‘z Nodir Rasulov tomonidan namoyish etilgan mahorat saboqlari bizga o‘zgacha zavq bag‘ishladi, - dedi Veronik Le Pennek. - Mazkur yo‘nalish o‘zining ko‘plab sir-asrorlariga egaligi, uning ijodkorlari esa ko‘p yillik mehnat va matonat hamda tajribaga ega bo‘lishlari kerakligi haqidagi ma’lumotlar e’tiborimni tortdi. Shuningdek, har bir naqshni yaratishda zardo‘z usta o‘zbek xalqining o‘ziga xos madaniyati, urf-odatlari tarixini chuqur bilishi haqidagi talab ham juda muhim».

Mavzuga oid

Toshkentda Turk dunyosi fotograflarining...

Bugun Toshkent Fotosuratlar uyida Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY)ga aʼzo dav...

Ozarbayjonda Abdulla Qodiriyning ozarbay...

Ozarbayjonda bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston madaniyati kunlari doirasida Abdulla Qodiriyni...

Turkiyaning Xatay provinsiyasi aholisiga...

Turkiyaning Xatay provinsiyasida O‘zbekiston fuqarolari, jumladan, ushbu mamlakatda mehn...

So`nggi yangiliklar