Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Dekabr/2021   Vatandoshlarimiz

O‘zbekistonlik 30 nafardan ortiq mehnat migranti Janubiy Koreyaga keldi


SEUL, 6 dekabr. /“Dunyo” AA/. Kecha O‘zbekistonning 31 nafar fuqarosidan iborat navbatdagi guruh “Ye-9” vizasi asosida mehnat qilish uchun Koreya Respublikasiga yetib keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Inchxon xalqaro aeroportida yurtdoshlarimizni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (TMMA)ning ushbu mamlakatdagi vakolatxonasi va Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vakillari tashkiliy tarzda kutib oldi.

Fuqarolarimiz bilan o‘tkazilgan qisqa muloqot davomida TMMA vakolatxonasi vakillari ularni Janubiy Koreya qonunchiligi tartib qoidalari va mamlakatda joriy etilgan karantin talablari bilan tanishtirdi. Shuningdek, vatandoshlarimizga mehnat shartnomasi talablariga qatʼiy rioya qilish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

4 yilu 10 oy davomida Koreya Respublikasida ish joyini o‘zgartirmasdan, ushbu mamlakat qonun qoidalarini buzmasdan O‘zbekistonga qaytgan ishchilar, qayta shartnomaga ega bo‘lib yana Janubiy Koreyaga ishlagani kelish imkoniyatiga ega bo‘lishi tushuntirildi.

Elchixona maʼlumotiga ko‘ra, yurtdoshlarimiz aeroportdan karantin davrini o‘tash uchun oldindan tayyorlab qo‘yilgan joylarga yetkazildi. Karantin uchun belgilangan mehmonxonada fuqarolarimiz uchun barcha kerakli sharoit yaratilgan bo‘lib, ular 10 kun davomida o‘zlarini yakkalagandan so‘ng ish joylariga yetib borishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid

AQSHning Florida va Jorjiya shtatlaridag...

Mamlakatimizning AQSHdagi elchixonasi tomonidan Florida va Jorjiya shtatlarida istiqomat q...

O‘zbekistonning Erondagi elchixonasi ush...

Mamlakatimizning Tehrondagi elchixonasi tomonidan “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi s...

O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchi...

O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi tomonidan “Oltin daftar”ga kiritilgan yurtdoshlarimiz...

So`nggi yangiliklar