Uz / Ўз Ru En

Toshkent

11/Oktabr/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlarda milliy va xalqaro tajriba Janubiy Koreya matbuoti nigohida

SEUL. 11-oktabr. /“Dunyo” AA/. Janubiy Koreyaning yetakchi nashri hisoblangan “The Korea Times” gazetasi o‘zining rasmiy sayti va bosma nashrida O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidovning “Konstitutsiyaviy islohotlarda jamoatchilik ishtiroki: milliy va xalqaro tajriba” mavzusidagi maqolasini chop etdi, deya xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Muallifning yozishicha, “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi “Xalq – qonunlarning yagona manbai va muallifidir” hamda “Barcha muhim qarorlar bevosita xalq bilan muloqot asosida va jamoatchilik fikrini hisobga olgan holda qabul qilinadi” degan tamoyillarga asoslangan holda o‘tkazilmoqda.

Konstitutsiyamiz yillar davomida yashayotgan davrimiz, islohotlar talabi va xalqimiz ehtiyojidan kelib chiqib takomillashtirib borildi. Hozirda esa, Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan keng ko‘lamli vazifalar, xalqparvar davlatni barpo etish, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yana-da samarali taʼminlash kabi maqsadlar mamlakatimizdagi tub islohotlarga mos yangi konstitutsiyaviy-huquqiy makonni yaratish zaruratini yuzaga keltirmoqda.

Shuningdek, hozirda dunyoda kechayotgan global ziddiyatli muammolar va kun sayin o‘zgarib borayotgan halqaro hayot mamlakatimizni yana-da modernizatsiya qilish, tinchlik, barqaror taraqqiyotni taʼminlash, tashqi siyosatning huquqiy asoslarini takomillashtirish kabi keng ko‘lamli masalalar borasida yechimini kechiktirib bo‘lmaydigan, yangi va o‘ta muhim hayotiy vazifalarni amalga oshirishni taqozo etmoqda.

Bugun Yangi O‘zbekiston – maqsadi demokratik tamoyillar, inson huquq va erkinliklari borasida umumeʼtirof etilgan prinsip va normalarga asoslangan va pirovard maqsadi xalq uchun erkin, obod va farovon hayot yaratib berishdan iborat bo‘lgan davlatga aylandi.

Qayd etish kerakki, har qanday islohot kuchli konstitutsiyaviy-huquqiy asosga tayansagina, ko‘zlangan ezgu maqsadga va ulug‘vor vazifalarga, samarali natijalarga erishadi. Darhaqiqat, O‘zbekiston va dunyo tajribasiga nazar tashlansa, tub burilish davrida konstitutsiyaviy islohotlar amalga oshirilgani hamda islohotlar xalq tomonidan qo‘llab-quvvatlangani va xalqning orzu-umidini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilgandagina ortga qaytmas tus olishini kuzatish mumkin.

Konstitutsiyaviy qonun loyihasini yaratishda Birlashgan Millatlar Tashkilotining konstitutsiyaviy islohotlarni o‘tkazish borasidagi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro paktda qayd etilgan tavsiyalar, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining “Yangi Yevropa uchun Parij xartiyasi”, Yevropa Ittifoqining “Asosiy huquqlar bo‘yicha Yevropa Ittifoqi xartiyasi”, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida jamiyatning barcha qatlamlari vakillarini davlat va jamiyat boshqaruvi jarayonlariga jalb etish bo‘yicha qabul qilingan xalqaro va mintaqaviy huquqiy hujjatlar alohida hisobga olindi.

Alohida taʼkidlash joizki, mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga rasmiy sharhlari va takliflari olindi.

Qator xalqaro tashkilotlar va ekspertlar Konstitutsiyaviy qonunning umumxalq muhokamasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining konstitutsiyaviy islohotlarni o‘tkazish borasidagi tegishli tavsiyalari, boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning tegishli hujjatlari, dunyoda zamonaviy konstitutsiyaviy rivojlanishning ustuvor tendensiyalari, shuningdek, “Xalq – qonunlarning yagona manbai va muallifidir” ustuvor tamoyiliga to‘la-to‘kis rioya qilingan holda amalga oshirilgan, deb hisoblamoqda. Shuningdek, ushbu Konstitutsiyaviy qonunni umumxalq referendumi asosida qabul qilinishi maqsadga muvofiqligini taʼkidlamoqda, deb yozadi “The Korea Times” gazetasi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonning konstitutsiyaviy islohot...

Ispaniyaning «El Mundo Financiero» xalqaro onlayn nashri sahifasida Inson huquqlari bo‘yic...

Janubiy Koreyada istiqomat qilayotgan va...

Mamlakatimizning Janubiy Koreyadagi elchixonasi vakillari Kvanjuda bo‘lib, ushbu shaharda ...

Xitoydagi vatandosh: Yangi O‘zbekiston k...

Xitoyning Gansu provinsiyasida YUNESKOning taʼlim masalalari bo‘yicha maslahatchisi sifati...

So`nggi yangiliklar