Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Iyun/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

O‘zbekistondagi Konstitutsiyaviy islohotlar mazmun-mohiyati Misr jamoatchiligiga yetkazildi

QOHIRA, 30-iyun. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Misrdagi elchixonasida «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


 Tadbirda Misr siyosiy, ekspert-tahlil, akademik, ishbilarmon doiralari vakillari, vatandoshlar va yetakchi ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

O‘zbekistonda 1992 yil qabul qilingan Konstitutsiya asosida mustahkam davlatchilik barpo etilgani barobarida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan xalqchil siyosat natijasida mamlakatda tom maʼnoda erkin fuqarolik jamiyati qurishga erishildi. Yurtdoshlarimiz dunyoqarashi va ularning huquqiy madaniyati sezilarli darajada o‘sgani taʼkidlandi. 

Bu esa  mamlakatning Bosh qomusini isloh qilishni taqozo etmoqda. Shu maqsadda davlatimiz rahbari tomonidan O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish tashabbusi ilgari surildi. Asosiy qonunni takomillashtirish bo‘yicha tashabbuslar yurtdoshlarimiz tomonidan ham faol  qo‘llab-quvvatlanayotgani  aytib o‘tildi.

Ishtirokchilarga qisqa vaqt mobaynida fuqarolarimiz tomonidan bildirilgan 50 mingdan ortiq takliflar ko‘rib chiqilgani ham konstitutsiyaviy islohotlar obyektiv hayotiy zarurat ekani maʼlum qilindi.

Xalq talabidan kelib chiqib, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilgan qator ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha Konstitutsiyaviy qonun loyihasi ishlab chiqildi va u umumxalq muhokamasiga qo‘yildi. Xususan, Yangi O‘zbekistonda inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, daxlsiz huquqlari va manfaatlari asosiy masala bo‘lib, amalga oshirilayotgan barcha islohotlar markazida inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan ezgu g‘oya mujassam ekani alohida taʼkidlandi.

Davra suhbati qatnashchilari Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilgan «O‘zbekiston – ijtimoiy davlat», «O‘zbekiston – huquqiy davlat», «Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi – xalqdir» kabi tamoyillarni bevosita Asosiy qonunga singdirish takliflarini yuqori baholadi.

 Ishtirokchilar, shuningdek, Konstitutsiyaga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi O‘zbekistonda olib borilayotgan demokratik islohotlarning huquqiy zaminini yana-da kuchaytirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Mavzuga oid

Rossiyadan munosabat: Tinch va iqtisodiy...

Yevropa-Osiyo tadqiqotlari markazi direktori Andrey Rusakov (Rossiya) “Dunyo” AA uchun sha...

Erondagi vatandosh: Yangi O‘zbekistonda ...

Eronning “Jamoatul Mustafo” xalqaro universitetida tahsil olayotgan vatandoshimiz Husan Sa...

O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy islohot...

Tailandning “MToday” axborot portalida O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlarga bag‘i...

So`nggi yangiliklar