Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Aprel/2022   Iqtisodiy diplomatiya

O‘zbekistondagi islohotlar Yaponiya ommaviy axborot vositalari diqqat markazida

TOSHKЕNT, 22 aprel. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Yaponiyaning “Nikkei Inc.” nashrining jurnalisti Satoshi Shimodaga intervyu berdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va bu borada erishilgan yutuqlar, xalqaro biznes hamjamiyatida mamlakatning investitsiyaviy va savdo salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, savdoni erkinlashtirish va diversifikatsiyalash, raqamli infratuzilmani rivojlantirish, shuningdek soliq va bojxona-tarif jihatidan tartibga solishdagi to‘siqlarni olib tashlash kabi keng ko‘lamli masalalar ko‘tarildi.

Yangi O‘zbekistonning yaqinda tasdiqlangan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi va uning asosiy ustuvor yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratildi. S.Umurzakov strategiyani ishlab chiqish tamoyillari, uni amalda joriy etish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar hamda kutilayotgan natijalar haqida batafsil so‘zlab berdi.

Yirik davlat korxonalarini xususiylashtirish va yangi loyihalarni amalga oshirishda xususiy sektorni faol jalb qilish orqali mahalliy sanoatni yanada modernizatsiya qilish va iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini o‘zgartirish rejalari e’lon qilindi. Ta’kidlanganidek, tarmoqlarni isloh qilishning ustuvor yo‘nalishi milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish va uning barqaror o‘sishini ta’minlashdan iborat. Shu nuqtai nazardan, Yapon investorlari uchun eng istiqbolli va katta investitsiyalarni talab qiladigan tarmoqlar tilga olindi. Jumladan, an’anaviy va muqobil energetika, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, to‘qimachilik, charm-poyabzal, ipak, kimyo va farmatsevtika sanoati, IT va sog‘liqni saqlash sohalari.

Investitsiyalar, savdo, moliyaviy-texnikaviy, madaniy-gumanitar sohalardagi O‘zbekiston-Yaponiya hamkorligining bugungi holatiga ham to‘xtalib o‘tildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil dekabr oyida Yaponiyaga rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlarga katta turtki bergani tufayli ular jadal rivojlanib borayotgani alohida ta’kidlandi. O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari siyosiy va parlamentlararo sohalardagi hamkorlikda erishilgan yutuqlar, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi, Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiyaning yirik korporatsiyalari kabi yaponiyalik hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan yirik loyihalar haqida so‘zlab berdi. O‘zbekiston tomoni Yaponiya bilan barcha ustuvor yo‘nalishlarda munosabatlarni chuqurlashtirishga va O‘zbekistondagi faoliyati bilan bog‘liq har qanday masalalarda Yaponiya biznesi vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qat’iy tayyorligini bildirdi.

Ma’lumot uchun: “Nikkei Inc.” eng yirik Yapon media kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Adadi bo‘yicha nashr ishbilarmonlikka ixtisoslashgan dunyodagi eng yirik  kundalik gazeta. Yaponiyaning o‘zida 30 million mushtariylariga ega. U o‘z faoliyatini 1876 yilda boshlagan . Hozirda “Nikkei Inc.” 2 ta xalqaro nashrga egalik qiladi. Ular haftalik yangiliklar jurnali “Nikkei Asia” va shtab-kvartirasi Londonda joylashgan Financial Times kundalik gazetasi. Bundan tashqari, u TX tarmog‘ining egasi, uning eng yirik stansiyasi “TV Tokio” hisoblanadi.

 

 

Dlya telegram: O‘zbekistondagi islohotlar Yaponiya ommaviy axborot vositalari diqqat markazida 

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Yaponiyaning “Nikkei Inc.” nashrining jurnalisti Satoshi Shimodaga intervyu berdi

Mavzuga oid

Pekinda Yevropa-Amerika savdo-sanoat pal...

O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasida Yevropa-Amerika savdo-sanoat palatasining (Europea...

Rimda o‘tkazilgan «Snack the System» ko...

O‘zbekiston elchixonasi Italiya poytaxtining agroturizm hududi - «Casali del Pino»da yoshl...

Vena shahrida bo‘lib o‘tayotgan «Euromon...

Moliya vazirining o‘rinbosari Odilbek Isoqov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 24...

So`nggi yangiliklar