Uz / Ўз Ru En

Toshkent

25/Mart/2023   Jamiyat

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Xoliqov Navro‘z bayrami munosabati bilan Dubayda vatandoshlar uchun konsert berdi

DUBAY, 25-mart. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Birlashgan Arab Amirliklaridagi diplomatik missiyalari ko‘magida Dubaydagi «Palm Jumeirah» sunʼiy orolida Navro‘z sayli o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Bayram munosabati ushbu orolchadagi «The point» favvorasi O‘zbekiston davlat madhiyasi sadolari ostida  mamlakatimiz bayrog‘i ranglariga burkandi.

Tadbirning madaniy qismida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Xoliqov o‘zining yakkaxon konsert dasturini namoyish qildi.  

 Dilomatik vakolatxona va Dubaydagi “ZOR” o‘zbek milliy restorani rahbariyati tomonidan vatandoshlar uchun bayramona dasturxon yozildi.

Navro‘zi olam munosabati bilan o‘tkazilgan ushbu tadbir tafsilotlari  mahalliy ommaviy axborot vositalari va faol vatandoshlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida keng yoritildi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi Favqulo...

2020 yil 30 may kuni O‘zbekiston Respublikasining Qirg‘iziston Respublikasidagi Favqulodda...

O‘zbekiston elchixonasida Pekinda tahsil...

O‘zbekiston elchixonasida Xitoyda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashuv...

O‘zbekiston ijtimoiy hayotida kam sonli ...

«Lund tavsiyalarining O‘zbekiston ijtimoiy hayotida kam sonli millatlar vakillarining sama...

So`nggi yangiliklar