Uz / Ўз Ru En

Toshkent

18/Oktabr/2021   Saylov - 2021

O‘zbekistonda SHHTning Prezident saylovi bo‘yicha missiyasi o‘z faoliyatini boshladi


TOSHKЕNT, 18-oktabr. /«Dunyo» AA/. 16 oktabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligining taklifiga binoan, Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) kuzatuvchilar missiyasining birinchi guruhi 24 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovi bo‘yicha missiyasini  boshladi,  deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Missiyaga SHHT Bosh kotibining o‘rinbosari Yerik Ashimov rahbarlik qilmoqda.

Missiya tarkibida 26 nafar kuzatuvchi akkreditatsiyadan o‘tdi. Ular orasida SHHTga a’zo davlatlarning qonun chiqaruvchi va saylov organlari yuqori martabali vakillari, diplomatlar, shuningdek, SHHT kotibiyati va SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi  mutasaddilari bor.

Missiya vakillari Toshkent va mamlakatimizning boshqa hududlarida saylov jarayonini kuzatadi. Prezident saylovi haqida to‘la tasavvurga ega bo‘lish uchun missiyaning Pekindagi a’zolari saylov kuni O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasida bo‘lib, saylovni bevosita kuzatadi.

Saylov jarayonida missiya a’zolari saylov uchastkalarining tayyorgarlik holatini o‘rganadi, ovoz berish va ovozlarni sanab chiqish jarayonini kuzatadi, shuningdek, saylovchilar, nomzodlarning ishonchli vakillari va boshqa kuzatuvchilar bilan muloqotda bo‘ladi.

Kuzatuvchilar missiyasi o‘z faoliyatini 2006 yil 15 maydagi SHHTning Prezident va/yoki parlament saylovlari hamda referendumlardagi kuzatuvchilar missiyasi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiradi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston diplomatlari Moskva davlat x...

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi xodimlari Rossiya tashqi ishlar vazirligi Moskva da...

AQSHlik xalqaro kuzatuvchi: O‘zbekistond...

24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Prezidenti saylovida xalqaro kuzutuvchi sifa...

Saylovlarda saylovoldi tashviqotining ah...

«Saylovoldi tashviqoti – saylov kampaniyasi davrida amalga oshiriladigan va saylovchilarni...

So`nggi yangiliklar