Uz / Ўз Ru En

Toshkent

11/Avgust/2022   Dolzarb

O‘zbekistonda ro‘y berayotgan islohotlar va tashqi siyosat yo‘nalishidagi muhim tashabbuslar «The Korea Herald» gazetasi sahifasida yoritiladi

SEUL, 11-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchisi Vitaliy Fen ushbu mamlakatdagi yetakchi nashrlardan biri - «The Korea Herald» gazetasi prezidenti Choy Jin Yong bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Muloqot avvalida «The Korea Herald» gazetasi bilan elchixona o‘rtasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani mamnuniyat bilan qayd etilar ekan, nashr rahbariga O‘zbekistonning ichki hamda tashqi siyosati mazmun-mohiyatini o‘zida aks ettiruvchi turkum maqolalarni xalqaro jamoatchilikka yetkazish borasida ko‘rsatayotgan amaliy ko‘magi uchun minnatdorlik bildirildi.

Choy Jin Yongga mamlakatimizda inson manfaatlarini taʼminlash, xalqimiz hayotini yana-da farovon etish maqsadida barcha sohalarda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, Konstitutsiyaviy islohotlar haqidagi  maʼlumotlar berildi.

«The Korea Herald» gazetasi rahbari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni, xususan, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi izchil qadamlarni yuqori baholadi.

– Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda, - dedi Choy Jin Yong. - Bunga joriy yil iyul oyida Janubiy Koreyaning yetakchi kompaniya va tashkilotlari vakillaridan iborat yirik biznes delegatsiya tarkibida O‘zbekistonga amalga oshirgan safarim davomida shaxsan guvoh bo‘ldim.

Suhbatda O‘zbekistonning tashqi siyosatda qo‘lga kiritayotgan muvaffaqiyatuqlari, joriy yil oxirigacha yurtimizda o‘tkazilishi rejalashtirilgan muhim xalqaro tadbirlar, qo‘shni Afg‘onistonda tinchlikni taʼminlash, ushbu mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida yurtimiz tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, jumladan «Termiz — Mozori-Sharif — Kobul — Peshovar» trans-afg‘on temir yo‘lining qurilishi, «Surxon — Puli-Xumri» elektr uzatish tarmog‘ini barpo etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xususidagi batafsil maʼlumotlar ham tilga olindi.

Choy Jin Yongning taʼkidlashicha, so‘nggi yillarda O‘zbekiston o‘zining mintaqa hamda xalqaro miqyosdagi o‘rnini tobora mustahkamlamoqda. Bunda, birinchi navbatda, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan pragmatik faol tashqi siyosat natijasida erishilmoqda.

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlikni yana-da faollashtirish, yurtimiz hayotidagi muhim tadbirlarni ushbu nufuzli nashr sahifalarida keng yoritib borishga kelishib olindi.

Jumladan, «The Korea Herald» gazetasi rahbari O‘zbekistonning Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash, ushbu mamlakatda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash borasidagi amalga oshirayotgan ijobiy ishlari bilan Janubiy Koreyaning siyosiy, tahlil va akademik doiralari  vakillarini tanishtirish maqsadida turkum maqolalar chop etishga tayyor ekanligini maʼlum qildi.

Uchrashuvda, shuningdek, joriy yil yakuniga qadar gazeta sahifalarida chop etilishi rejalashtirilgan qator materiallar, xususan, Konstitutsiyaviy islohotlar, Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti hamda Turkiy davlatlar tashkiloti sammitlarining yakuni bo‘yicha xabar-maqolalarlarni mazkur nashr sahifalarida va uning Internetdagi tarmog‘idagi saytida chop etish masalasi atroflicha muhokama qilindi.

Mavzuga oid

Fransiyadan munosabat: O‘zbekistonda qis...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning XXIV qishki Olimpiya o‘yinlarining tantanali...

O‘zbekiston Prezidentining BMT IHK sess...

Bugun Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi mamlakatimiz Fanlar akademiyasi...

Qozog‘istondan munosabat: O‘zbekiston Pr...

Qozog‘iston milliy san’at universiteti dotsenti Asel Dodirova O‘zbekiston Prezidenti Shavk...

So`nggi yangiliklar