Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Mart/2023   Prezident

O‘zbekistonda pedagoglar faoliyatiga noqonuniy aralashgan mansabdor shaxslarga jazo choralari kuchaytirilmoqda

TOSHKENT, 28-mart. /“Dunyo” AA/. Pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan Prezident tomonidan imzolangan Qonunga  asosan Jinoyat hamda Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Jinoyat kodeksiga kiritilgan ko‘shimchaga ko‘ra, Mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash taʼlim tashkiloti pedagog xodimiga nisbatan xuddi shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa, quyidagi jazo choralaridan biri qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, BHMning 150 baravaridan 200 baravarigacha (45 mln so‘mdan 60 mln so‘mgacha) miqdorda jarimaga tortilishi, 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlariga  jalb etish etiladi.

Ilgari bunday norma mavjud emas edi. Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ko‘ra, mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha (15 mln so‘mdan 30 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Endilikda mazkur Kodeksga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchaga ko‘ra, xuddi shunday huquqbuzarlik taʼlim tashkiloti pedagog xodimiga nisbatan sodir etilsa, BHMning 100 baravaridan 150 baravarigacha (30 mln so‘mdan 45 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, pedagog xodimning kasbiy faoliyatiga taʼlim oluvchilarning bilimini to‘g‘ri va xolis baholashiga taʼsir ko‘rsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki uning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish, fuqarolarga BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha (ilgari 5 baravardan 7 baravargacha), mansabdor shaxslarga esa 10 baravaridan 15 baravarigacha (ilgari 7 baravardan 10 baravargacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Bundan tashqari, xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilsa fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (ilgari 7 baravardan 10 baravargacha), mansabdor shaxslarga esa 15 baravaridan 20 baravarigacha (ilgari 10 baravardan 15 baravargacha) miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olinishi mumkin (ilgari ushbu jazo chorasi qo‘llanilmagan).

Mavzuga oid

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uc...

O‘zbekiston Prezidenti «Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbain...

Turkmaniston Prezidentining Samarqandga ...

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning Samarqandga tashrifi Islom Karimov maqba...

O‘zbekiston Prezidenti musulmonlar idora...

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliq...

So`nggi yangiliklar