Uz / Ўз Ru En

Toshkent

18/May/2022   Eksport

O‘zbekistonda lavlagi eksporti hajmining oshgani Germaniya ommaviy axborot vositalari nigohida

FRANKFURT-MAYN, 18-may. /“Dunyo” AA/. Germaniyaning meva va sabzavotlar xalqaro savdosiga oid materiallarni yoritadigan “Fruchtportal.de” onlayn jurnali «O‘zbekiston 2022 yil aprel oyida rekord darajada lavlagi eksport qildi» sarlavhali maqolani eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Unda qayd etilganidek, aprel oyida O‘zbekistonda lavlagi eksporti mavsumi boshlandi. «Mamlakatning Janubiy hududi - Surxondaryo viloyatidan lavlagining yangi hosilini eksport qilish ishlari boshlanganiga bir oydan oshdi.  Dastlabki natijalar bu yilgi hosil mo‘lligidan dalolat bermoqda».

Germaniya onlayn nashrining yozishicha, aprel oyida O‘zbekiston so‘nggi 5 yilning shu davriga nisbatan rekord miqdorda lavlagi eksport qildi. «Rasmiy statistikaga ko‘ra, 2022 yil aprel oyida lavlagi eksporti 5,1 ming tonnani tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 4,3 baravarga ko‘pdir. 2018-2020 yillarning shu davrida 3 mingdan 5 ming tonnagacha lavlagi eksport qilingan bo‘lsa, 2022 yil aprel oyi natijalari bu ko‘rsatkichning qariyb 1,5 baravarga oshganini ko‘rsatmoqda», deb yozadi onlayn jurnal.

Maqolada taʼkidlanishicha, 2022 yil yanvar-aprel oylarida lavlagi eksporti hajmi 8 ming 200 tonnani tashkil etdi, bu 2021  yilning shu davridagiga nisbatan 78 foizga ko‘pdir.

Mavzuga oid

2022 yil yanvar-fevral oylari bo‘yicha O...

Davlat statistika qo‘mitasi 2022 yil yanvar-fevral oylarida O‘zbekistondan eksport ulushi...

O‘zbekiston yanvar oyida qancha to‘qimac...

O‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston 2021 yilning yanvar oyida qariyb 50 g...

Polshadagi ko‘rgazmada o‘zbekistonlik to...

O‘zbekistonning 45 ta to‘qimachilik kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiya «Ptak Wars...

So`nggi yangiliklar