Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Dekabr/2021   Media

O‘zbekistonda ko‘ngillilar harakatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar Hindiston ommaviy axborot vositalari diqqat markazida


DEHLI, 2 dekabr. /“Dunyo” AA/. Hindistonning “The Diplomatist” jurnalida “Ko‘ngillilar harakati – ezgu niyat va insoniyat poydevori” sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Unda 2019 yil 2 dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti tomonidan “Volonterlik to‘g‘risida”gi qonun imzolangani, uning maqsadi mazkur sohani tartibga solishdan iborat ekanligi qayd etilgan. Hujjatda ko‘ngillilar tashkilotining maqomi, maqsad va vazifalari, jamoat tashkilotlarini rag‘batlantirish tamoyillari va chora-tadbirlari o‘z ifodasini topgan. 2019 yilda O‘zbekistonda Birinchi ko‘ngillilar forumi bo‘lib o‘tgani va unda 200 dan ortiq faol qatnashgani maʼlum qilingan.

O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi davrida Yoshlar ishlari agentligi rahbarligida faoliyat yuritayotgan ko‘ngillilar, shuningdek, tegishli idora va tashkilotlar xodimlari COVID-19 tarqalishining oldini olish va unga qarshi kurashishda alohida o‘rin tutdi.

Mamlakatda volontyor.uz platformasi ishga tushirildi, bu platforma ixtiyoriy ravishda ko‘ngilli sifatida ro‘yxatdan o‘tish imkonini beradi.

Maqolada ko‘ngillilar 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidenti saylovida xalqaro kuzatuvchilarga tarjimon sifatida yordam bergani, ularga hamrohlik qilgani ham taʼkidlangan.

“Ko‘ngillilar turli sohalarda o‘zlarini namoyon etmoqda. Ular bedarak yo‘qolganlarni qidirmoqda, qimmat turadigan tibbiy operatsiyalar uchun mablag‘ yig‘moqda, atrof-muhitni muhofaza qilmoqda yoki ijtimoiy tarmoqlarda bilimlarni bepul tarqatmoqda, qon topshirish jarayonini muvofiqlashtirmoqda”, - deb yozadi «The Diplomatist».

Mavzuga oid

Toshkent 2022 yilda turizm uchun dunyoda...

Buyuk Britaniyaning yetakchi «The Telegraph» gazetasi saytida jurnalist Emma Fizerstounnin...

Belgiyadan munosabat: O‘zbekiston hukuma...

Belgiyaning «Modern Diplomacy» axborot-tahlil portalida “O‘zbekiston soliq tizimida modern...

2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojla...

Ozarbayjonning “Report” axborot agentligi saytida «O‘zbekiston elchixonasida Harakatlar st...

So`nggi yangiliklar