Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Yanvar/2023   Iqtisodiy diplomatiya

O‘zbekistonda Janubiy Koreya ilg‘or texnologiyalari asosida yangi baliq turlari ko‘paytiriladi

SEUL, 30-yanvar. / “Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi xodimlarining Koreya Respublikasi Okeanlar va baliqchilik vazirligi Xalqaro hamkorlik bo‘limi direktori Yu In Von bilan uchrashuvi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbirda, shuningdek, Kannin-Vonju Milliy universiteti (GWNU) professorlari Kim Ok Sik va Li Chun Il ham ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida Koreya Respublikasining «Taraqqiyotga rasmiy yordam» dasturi doirasida “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi hamda GWNU bilan hamkorlikda amalga oshirish rejalashtirilayotgan «O‘zbekistonda akvamadaniyat sohasini texnik qo‘llab-quvvatlash» loyihasi muhokama qilindi.

Loyihaning asosiy maqsadi O‘zbekistonda akvamadaniyat sohasini rivojlantirish, ilg‘or texnologiyalar asosida qisqichbaqasimonlarni (krevetka) sanoat miqyosida yetishtirish, ushbu sohada yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda mahalliy isteʼmolchilarni sifatli dengiz mahsulotlari bilan taʼminlash va ushbu mahsulot eksport hajmlarini oshirishga ko‘maklashishdan iborat. Loyiha konsepsiyasiga asosan, u 2024-2026 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Yu In Von vazirlikka taqdim etilgan tegishli hujjatlar o‘rganib chiqilayotganini taʼkidlab, loyihani qo‘llab-quvvatlash yuzasidan ijobiy fikr bildirdi.

O‘z navbatida, GWNU professori Kim Ok Sik joriy yil fevral oyida O‘zbekistonning ushbu soha mutaxassislarini malaka oshirish kurslariga hamda Janubiy Koreyaning baliqchilik sanoatidagi yuqori tajriba va ilg‘or texnologiyalari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Koreya Respublikasiga amaliy safarini tashkil etish kutilayotganligi maʼlum qildi.

Mavzuga oid

Jakartada O‘zbekiston va Indoneziya hamk...

O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchisi Ulug‘bek Ro‘ziqulov Indoneziya parlamenti Vakillar ...

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni farmat...

O‘zbekistonning Jidda shahridagi Bosh konsulxonasi vakillari Saudiya Arabistonining yetakc...

ITSV: O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi...

«Innoprom. Markaziy Osiyo» Xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida kecha O‘zbekiston Bosh vaz...

So`nggi yangiliklar