17/Iyul/2022 Jamiyat
TOSHKENT, 17-iyul. /“Dunyo” AA/. Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonda tadbirkor ayollar eng faol bo‘lgan sohalar bo‘yicha maʼlumotlarni eʼlon qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Maʼlumotlarga ko‘ra, 1-yanvar holatida tadbirkor ayollar tomonidan eng ko‘p kichik korxona va mikrofirmalar savdo (14147 ta) va xizmat ko‘rsatish sohalarida (10057 ta), shuningdek, sanoatda (5543 ta) faoliyat yuritmoqda.
Shu bilan birga, hududlar bo‘yicha eng ko‘p faoliyat yuritayotgan kichik korxona va tadbirkor ayollar boshchiligidagi mikrofirmalar Toshkent shahrida (9764), Toshkent (4760), Samarqand (2974) va Navoiy (2544) vilyaotlarida ro‘yxatga olingan.