Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Iyun/2022   TIV yangiliklari

O‘zbekistonda Chernogoriyaning yangi elchisi o‘z missiyasini boshladi

TOSHKENT, 29-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov bugun Chernogoriyaning mamlakatimizdagi elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) etib tayinlangan Milorad Shchepanovichni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


TIV maʼlumotiga ko‘ra, ishonch yorliqlarini topshirish marosimidan so‘ng, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi rahbari elchini yuksak va masʼuliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, uning faoliyatida muvaffaqqiyatlar tilab qoldi.

Milorad Shchepanovich samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Chernogoriya O‘zbekistonni mintaqadagi asosiy davlat sifatida qaragan holda respublika bilan hamkorlikka ustuvor ahamiyat qaratishini maʼlum qildi.

Bugun mamlakatimizda hayotga tadbiq etilayotgan, nafaqat respublikadagi keng islohotlar, balki butun Markaziy Osiyoda siyosiy muhitning o‘zgarishiga xizmat qilayotgan Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasiga yuqori baho berildi. Respublikada Asosiy qonunga qo‘shimcha va o‘zgarishlar kiritish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning ahamiyatini alohida eʼtirof etar ekan, elchi bu yo‘nalishdagi O‘zbekistonda amaliyoti fuqarolar huquq va erkinliklarini konstitutsiyaviy darajada samarali himoya qilishning namunasi sifatida xizmat qilishini taʼkidladi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston-Chernogoriya siyosiy muloqoti jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tomonlar jahon siyosatining ko‘plab masalalari bo‘yicha yaqin yoki o‘xshash pozitsiyalarga ega bo‘lib, xalqaro institutlar doirasida bir-birlarini qo‘llab-quvvatlamoqda. Shu bilan birga, aloqalarning shartnomaviy-huquqiy asosini kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish zarurligi ham eʼtirof etildi.

Savdo-iqtisodiy aloqalarni jadallashtirish, jumladan, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, tadbirkorlik subektlari va savdo-sanoat palatalari o‘rtasidagi bevosita muloqotni kengaytirish, rangli metallurgiya, mashinasozlik, farmatsevtika, turizm sohalarida qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq takliflar ko‘rib chiqildi.

Tomonlarning madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni mustahkamlashga tayyorligi qayd etildi. Elchi Chernogoriya vakillari O‘zbekistonda o‘tkaziladigan yirik xalqaro tadbirlarda ishtirok etish niyati borligini maʼlum qildi.

Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.

Eslatib o‘tamiz, 28 iyun kuni O‘zbekiston TIV rahbari Vladimir Norov Meksikaning mamlakatimizdagi elchisi (qarorgohi Tehron shahrida) etib tayinlangan Gilermo Alexandro Puyente Ordorikdan ishonch yorliqlarini  qabul qilib olgan edi.

 Anvar Ilyosov olgan surat (“Dunyo” AA)

Mavzuga oid

O‘zbekiston elchisi Misr Prezidentiga i...

O‘zbekistonning Misrdagi elchisi Mansurbek Qilichev kecha Misr Prezidenti Abdulfattoh As-S...

Yaponiyada tashqi mehnat migratsiyasi yo...

O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi tomonidan «Japan Human Support Union» firmasi ijr...

Toshkentda o‘tkazilgan Markaziy Osiyo ma...

Kecha Toshkent shahrida «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va im...

So`nggi yangiliklar