Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Iyun/2022   Iqtisodiyot

O‘zbekistonda birinchi Milliy elektron tijorat platformasi ishga tushirildi

TOSHKENT, 30-iyun. /“Dunyo” AA/. Toshkentdagi «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida Markaziy Osiyodagi birinchi TradeUZ.com Milliy elektron tijorat platformasi loyihasining tantanali ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Loyiha O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) tomonidan Koreya Respublikasi Cavdo, sanoat va energetika vazirligi hamda Janubiy Koreya texnologiyalarni rivojlantirish instituti bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

ITSV maʼlumotiga ko‘ra, elektron platforma O‘zbekistonning kichik va o‘rta eksport qiluvchi kompaniyalariga o‘z mahsulotlarini eksportga yetkazishni tashkil etish uchun onlayn tarzda ishonchli va muvaffaqiyatli xorijiy hamkorlarni topish imkonini beradi. Buning natijasida eksportga yetkazib berish geografiyasining kengayishi, eksport hajmlarining o‘sishi va umuman mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi kutilmoqda.

Ochilish marosimida so‘zga chiqqan investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari Baxtiyor Rahimov TradeUZ.com platformasining muvaffaqiyatli ishga tushirilishi pirovardida O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda elektron tijorat rivojlanishining yuqori dinamikasini belgilovchi mamlakat sifatidagi mavqeini mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shishini taʼkidladi. Bunday muhim loyihani amalga oshirishda yordam bergani uchun Koreya Savdo, sanoat va energetika vazirligi, Koreya texnologiyalarni rivojlantirish institutiga minnatdorlik bildirildi.

Bugungi kunda TradeUZ.com 3 mingga yaqin o‘zbek eksportchilari, 10 ming xorijiy xaridor, shuningdek, 30 mingdan ortiq tovarlar haqida maʼlumotlarni o‘zida mujassam etgan.

Mazkur loyiha mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish yo‘lidagi navbatdagi qadam deb eʼtirof etildi. Loyiha yuqori qo‘shilgan qiymatga ega raqobatbardosh o‘zbek mahsulotlarini eksport qilish hajmini oshirishga va shu orqali mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga xizmat qiladi», - dedi Baxtiyor Rahimov. U, shuningdek, tomonlar raqamli texnologiyalar sohasida ishga solinmagan imkoniyatlardan foydalanish yo‘lida ishlashda davom etishiga umid bildirdi.

 

Mavzuga oid

O‘zbekiston axborot texnologiyalari va k...

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish va...

Import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar soni...

Yurtimizda elektrotexnika sanoati izchil rivojlanmoqda, ishlab chiqarish tarmoqlari yangi ...

Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi...

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi...

So`nggi yangiliklar